
«Manchester Siti» bu mavsumda ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Jamoaning ayrim pozitsiyalarida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Shu sababli yozgi transfer oynasida bosh murabbiy Xosep Gvardiola tarkibni sezilarli darajada kuchaytirish niyatida.
«Defensa Central» nashrining ma’lum qilishicha, Gvardiola rahbariyatga «Real Madrid»ning ikki yosh va iqtidorli yarim himoyachisi – Jud Bellingem hamda Eduardo Kamavingalarni sotib olish bo‘yicha tavsiya bergan.
Xabarda keltirilishicha, «shaharliklar» mazkur ikki futbolchi uchun madridliklarga 200 million yevro taklif qilishga tayyor turibdi. Angliya klubi 21 yoshli ingliz yulduzi Bellingemni 150 million yevro atrofida baholagan bo‘lsa, 22 yoshli fransiyalik Kamavinga uchun 50 million yevro sarflamoqchi.
Biroq, «Real Madrid» rahbariyatining bu taklifga rozi bo‘lish ehtimoli juda past ekanligi ta’kidlanmoqda. Sababi, «qirollik klubi» ushbu ikki iqtidorli futbolchini jamoaning kelajagi sifatida ko‘rmoqda va ularni qo‘yib yuborishni xohlamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola avval ham Jud Bellingem va Eduardo Kamavingalarni o‘z jamoasiga olib kelishga harakat qilgan edi. Lekin o‘shanda yosh yulduzlar «Real Madrid»ni tanlashni afzal ko‘rishgan.
Ushbu transfer muzokaralari qanday yakunlanishi hali noma’lum, ammo Gvardiola o‘z rejalariga jiddiy qaraydi va «shaharliklar»ning tarkibi yozda katta o‘zgarishlarga yuz tutishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar