date
views 377

"Barselona" va "Real" Ispaniya Kubogi finali uchun qaydnomani e’lon qildi

"Barselona" va "Real" Ispaniya Kubogi finali uchun qaydnomani e’lon qildi
Ispaniya Kubogining 2025 yilgi finali oldidan ikki buyuk klub — "Barselona" va "Real" o‘z jamoalari tarkibini rasman ma’lum qildi. Butun dunyo muxlislari intiqlik bilan kutayotgan bu uchrashuv 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

"Barselona" bosh murabbiyi Hansi Flik muhim o‘yinga asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni qaytardi. Kataloniyaliklarning tarkibida shuningdek, yosh iste’dodlar Pedri, Gavi, Ansu Fati, Rafinya va Lamin Yamal ham o‘rin olgan. Himoyada esa asosiy futbolchilardan Ronald Arauxo, Kunde va Erik Garsiya bor.

"Barselona"ning qaydnomasi:
Darvozabonlar
: Ter Shtegen, Shensni, Inyaki Penya
Himoyachilar: Kubarsi, Arauxo, Inigo Martines, Kristensen, Kunde, Erik
Yarim himoyachilar: Gavi, Pedri, Pablo Torre, Fermin, De Yong, Olmo
Hujumchilar: Ferran Torres, Ansu Fati, Rafinya, Pau Viktor, Lamin Yamal, H.Fort, Jerar Martin

"Real"da esa Karlo Anchelotti jamoaning eng kuchli tarkibini yiqqan. Muhim yangilik — fransiyalik yulduz hujumchi Kilian Mbappe jarohatidan to‘liq tuzalib, jamoasiga yordam berishga tayyor holda safga qaytdi. Shuningdek, Ferlan Mendi ham asosiy tarkibga qaytarilgan. Darvozada esa doimgidek Tibo Kurtua turadi.

"Real"ning qaydnomasi:
Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Fran Gonsales
Himoyachilar: Alaba, Lukas Vaskes, Valexo, Fran Garsiya, Ryudiger, Mendi, Asensio
Yarim himoyachilar: Bellingem, Valverde, Modrich, Chuameni, Arda Gyuler, Sebalos
Hujumchilar: Vinisius Junior, Mbappe, Rodrigo, Endrik, Braim Dias

Bu superfinal Ispaniya futbolida mavsumning eng qizg‘in va dramatik o‘yinlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. "El Klasiko"ga bo‘lgan qiziqish hech qachon so‘nmagan va bu safar ham millionlab muxlislarning diqqat-markazida bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" va "Real" Ispaniya Kubogi finali uchun qaydnomani e’lon qildi