date
views 843

«Barselona» — «Real» bahsida kim g‘alaba qozonadi? Mashhur saytlardan qiziqarli taxminlar!

«Barselona» — «Real» bahsida kim g‘alaba qozonadi? Mashhur saytlardan qiziqarli taxminlar!

Bugun tunda Ispaniya Kubogi finalida dunyoning eng mashhur klublaridan ikkitasi — «Barselona» va «Real Madrid» g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv har doim qizg‘in, keskin va tomoshabop o‘tadi. Bunday o‘yinlarda taxmin qilish ham oson emas.

Jahonga mashhur bir nechta sayt va nashrlar bu uchrashuv natijasini taxmin qilib ko‘rishdi. Ular o‘z taxminlarida turli xil natijalarni oldindan aytishmoqda.

Xususan, mashhur «Sports Mole» nashri bugungi bellashuvda kataloniyaliklarning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Nashrning fikricha, «Barselona» jamoasi 2:1 hisobida «Real Madrid» ustidan g‘alaba qozonadi va kubokni boshi uzra ko‘taradi.

Ayni paytda boshqa bir nufuzli futbol sayti — «90min» esa bu o‘yinda madridliklarning g‘alabasiga ishonch bildirmoqda. Nashr taxminiga ko‘ra, Anchelotti shogirdlari keskin kurashda raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etadi.

Yana bir mashhur sport portali «Sportskeeda» esa, «Barselona» jamoasi o‘z maydonida raqibidan kuchliroq o‘yin ko‘rsatib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi, degan prognoz bermoqda.

Bu taxminlar ham muxlislar, ham ekspertlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki bugungi bahsda qaysi jamoa g‘olib bo‘lmasin, albatta tarixda qoladigan voqealardan biriga aylanadi.

Uchrashuv 27 aprelga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» — «Real» bahsida kim g‘alaba qozonadi? Mashhur saytlardan qiziqarli taxminlar!
-->