
Ispaniya kubogi finalida "Barselona" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Pedri uzoq masofadan ajoyib goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Mbappe jarima zarbasidan imkoniyatlarni tenglashtirdi, oradan ko‘p o‘tmay Chuameni jamoasini oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Laminning pasidan so‘ng Ferran hisobni tenglashtirdi va ekstra-taymlarga yo‘l olindi. 116-daqiqada Kundening jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi darvozadan joy oldi va "Barselona" g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Flik shogirdlari mavsumdagi 3-"el-klasiko"da ham zafar quchmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar