
Kataloniyaning mashhur jamoasi «Barselona» safida yana bir futbolchi bilan xayrlashuv yaqinlashmoqda. Jamoaning zaxira darvozaboni hisoblangan Inyaki Penya mavsum so‘ngida erkin agent sifatida klubni tark etishga qaror qilgan. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Penyaning «Barselona» bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Ammo darvozabon bu muddatni klubda o‘tkazmoqchi emas va yozda shartnomasini muddatidan avval bekor qilib, boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda asosiy golkiper Mark-Andre ter Shtegen og‘ir jarohat olgan paytda, murabbiylar shtabi ishonch bildirib, darvozani Penyaga topshirgan edi. Biroq keyinroq bosh murabbiy Xans-Diter Flik asosiy tarkibga Voysex Shchesnini qo‘yishga qaror qildi. Bunday o‘zgarishdan norozi bo‘lgan Inyaki Penya germaniyalik mutaxassisdan bu tanlov uchun tushuntirish talab qilgan.
Bu holat esa bosh murabbiyning futbolchiga nisbatan munosabatini salbiy tomonga o‘zgartirdi va oxir-oqibat Penya klubdan ketish haqida aniq qaror qabul qildi.
Kataloniyaliklar rahbariyati esa uni transfer orqali sotib, jamoa budjetiga qo‘shimcha mablag‘ olishni rejalashtirgan edi. Ammo endi Inyaki erkin agent sifatida klubni tark etadi va «Barsa» uning transferidan hech qanday mablag‘ ololmaydi.
Xans-Diter Flik esa kelasi mavsumda ham asosiy posbon sifatida Mark-Andre ter Shtegenga, zaxira darvozaboni sifatida esa Voysex Shchesniga ishonch bildirishini ma’lum qildi. Shuning uchun hozirda «Barselona» uchinchi raqamli darvozabon pozitsiyasini to‘ldirish uchun yangi nomzod izlamoqda.
O'zbekiston yangiliklari Barselona JamoasiInyaki PenyaErkin AgentFutbolchi XayrlashuvXans Diter FlikZaxira Darvozabon Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar