date
views 845

Xabi Alonso «Real Madrid»ga bosh murabbiy bo‘ladigan bo‘ldi

Xabi Alonso «Real Madrid»ga bosh murabbiy bo‘ladigan bo‘ldi
Ispaniyaning «Real Madrid» klubi yangi mavsumdan jamoa boshqaruvini «Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonsoga topshirishga qaror qildi. «Qirollik klubi» rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni olib kelish uchun «Bayer»ga 8 million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi. Shu bilan birga, Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi.

Xabi Alonso 2022 yildan beri Germaniyaning «Bayer» klubida murabbiylik qilib kelmoqda. Uning Leverkuzen jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetishi kerak edi. Biroq, «Real» uni yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olish uchun barcha rasmiy kelishuvlarni yakunladi.

Qayd etish joiz, Alonso «Real Madrid»da o‘z vaqtida futbolchi sifatida to‘p surgan va jamoa bilan ko‘plab sovrinlarga erishgan. Uning poytaxt jamoasiga murabbiy sifatida qaytishi muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Hozircha amaldagi bosh murabbiy Karlo Anchelottining mavsum oxirida klubni tark etishi va Braziliya milliy terma jamoasini boshqarishi ma’lum qilingan edi. Shu tariqa, «Real» rahbariyati kelasi mavsum uchun jamoaning kelajagini Xabi Alonsoga ishonib topshirishga qaror qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso «Real Madrid»ga bosh murabbiy bo‘ladigan bo‘ldi