
O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Lochin" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Sardor To‘xtayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- "Andijon" — bizni ikki karra ko‘proq kuch bilan o‘ynashga undaydigan jamoa. Boisi bugungi raqibimiz kubokning amaldagi sohibi edi. Chempionlarga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘ladi. Yigitlarga raxmat aytaman, ular borlarini berishdi. Kim bilan o‘ynashdan qat’iy nazar g‘alaba qozonish mumkinligini isbotlashdi. Zaxiradan qo‘shilgan kuchlar ham o‘yinni kuchaytirishdi, umuman aytganda g‘alabaga loyiq o‘ynadik.
- "Lochin" jamoasining O‘zbekiston kubogidagi maqsadi qanday?
- Oliygohimiz rektori tomonidan bizga futbol o‘ynash uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Kubokdagi maqsadimiz - guruhdan chiqish va uzoqroqqa borish. Birinchi ligadagi vazifamiz Pro-liga yo‘llanmasi. Chempionlikni maqsad qilganmiz. Qashqadaryo ahliga bizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun raxmat aytaman.
- Superliga jamoasini mag‘lub etishga qanday kuch topa oldinglar?
- Biz shu o‘yin haqida jiddiy o‘yladik, tayyorgarlik ko‘rdik. Vaziyatlarimizdan unumli foydalanishga urindik. G‘alaba golini zaxiradan qo‘shilgan futbolchilar olib kelishdi.
- Penalti vaziyatiga fikringiz qanday?
- Bizga uzoqroq edi. Bu hakamlarning ishi, aralashmaganimiz ma’qul. Ular o‘z ishini bajarayapti. Birinchi liga jamoasi Superliga klubini musobaqadan chiqarib yuborayotgani chempionatimizga shaffoflik kirib kelganini anglatadi.
O'zbekiston yangiliklari O‘zbekiston KubogiAndijon JamoasiLochin O‘yinlariSardor To‘xtayevChempionlik MaqsadiFutbol Tayyorligi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar