date
views 60

Mikel Arteta kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Mikel Arteta kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finali doirasida PSJga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsdan so‘ng o‘zining ta’surotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoasi bu uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yini bilan ko‘proq natijaga loyiq edi.

«Haqiqatdan ham biz bugungi o‘yinda ko‘proq narsaga loyiq edik. Maydonda yigitlarimiz bor imkoniyatlari bilan harakat qilishdi. Biroq biz bugun faqat yarim yo‘lni bosib o‘tdik. O‘tgan safar «Real» bilan uchrashuvdan so‘ng ham aytgandim: bu hali faqat birinchi o‘yin. Endi biz Parijga yo‘l olib, g‘alaba qozonishimiz shart», – dedi Arteta.

Shuningdek, murabbiy jamoa ko‘rsatgan o‘yinni yana bir marta tahlil qilib, bir necha jihatlarni yaxshilashga urg‘u berilishini aytdi.

«Hozircha vaziyat 50/50. Agar jamoamiz Chempionlar Ligasi finaliga chiqmoqchi bo‘lsa, o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishi kerak bo‘ladi. Biz buning uchun Parijda albatta o‘zgacha harakat qilishimiz lozim», – deya ta’kidladi «Arsenal» ustozi.

Qayd etish joiz, Chempionlar Ligasi yarim finalining javob bahsi Parijda bo‘lib o‘tadi va aynan shu o‘yin finalga yo‘l oladigan jamoani aniqlab beradi. Artetaning so‘zlariga ko‘ra, uning shogirdlari Fransiya poytaxtida o‘z tarixini yaratishga tayyor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mikel Arteta kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?