date
views 70

Karlo Anchelotti Braziliya emas, Saudiyaga ketishi mumkin!

Karlo Anchelotti Braziliya emas, Saudiyaga ketishi mumkin!
Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelottining kelajagi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Avvalroq Braziliya milliy terma jamoasi bilan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan mutaxassis endi o‘z faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, yaqinda Elit Osiyo Chempionlar ligasini tark etgan Saudiyaning «Al Hilol» klubi Anchelottiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar italiyalik tajribali murabbiyga uch yillik jozibador shartnoma taklif qilishga tayyor turibdi.

Xabarlarda qayd etilishicha, Karlo Anchelottining o‘zi ham yangi mavsumdan boshlab faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qarshi emas. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Anchelotti o‘z faoliyatidagi yangi sahifani ochib, arab futbolini rivojlantirishga hissa qo‘shishi mumkin.

Hozircha bu boradagi muzokaralar davom etmoqda va yaqin kunlarda yakuniy qaror e’lon qilinishi kutilmoqda. Murabbiyning bu tanlovi Yevropadagi muxlislar uchun ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti Braziliya emas, Saudiyaga ketishi mumkin!