
«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi Chempionlar ligasi yarim finalida «Barselona»ga qarshi kechadigan muhim uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
— Jamoamiz o‘tgan haftada o‘z darajasidagi eng yaxshi o‘yinini namoyish qila olmadi, buni tan olaman. Biroq oxirgi to‘rt yil davomida bajargan ishimizga nazar tashlasak, natijalarimiz buyuk darajada ekanini ko‘rish mumkin. Bizga hatto ayrimlar A Seriyada eng kuchli to‘rtlikka kirishimizni ham imkonsiz degan edi. Shunga qaramay, biz bunga erishdik. Shuning uchun ham shogirdlarim va sevimli muxlislarimiz haqida hech qachon salbiy gapirmayman. Biz ular bilan birgalikda katta mo‘jiza yaratdik, — dedi murabbiy.
— Biz raqibimiz «Barselona» haqida yetarlicha ma’lumotga egamiz. Ularga rahbarlik qilayotgan Xans-Diter Flik kuchli mutaxassis, jamoani yuqori darajada tashkil qilgan. Ular tarkibida ko‘plab iqtidorli hujumkor futbolchilar bor. Umuman, «Barselona» ajoyib o‘yin ko‘rsatadi, ular yaxshi shakllangan va o‘z tarbiyalanuvchilariga ham ega. Hozirgacha ikki katta titulni qo‘lga kiritishdi va yana ikkitasi uchun kurashishmoqda.
Albatta, «Barselona»ni hurmat qilamiz, ammo bu raqibimizdan qo‘rqishimizni bildirmaydi. «Barselona» bilan bir qatorda «Bavariya», «Real Madrid», «Manchester Siti», «Arsenal» kabi klublar ham ushbu turnirning eng kuchli jamoalari hisoblanadi. Biz esa maydonda o‘zimizning haqiqiy kuchimizni ko‘rsatishga tayyormiz.
— Oxirgi haftada «Barselona» kubokni yutgan bo‘lsa, «Inter» bir qator muvaffaqiyatsiz natijalarga duch keldi. Bu kayfiyat jihatidan farq yaratishi mumkinmi, degan savolga Simone Indzagi shunday javob qaytardi:
— Haqiqatan ham, kayfiyatda ma’lum darajada farq bo‘lishi mumkin. Biroq hammasi maydonda hal bo‘ladi. Mening fikrimcha, «Barselona» hozirgi kunda Yevropaning to‘rt eng kuchli jamoasi qatoridan o‘rin oladi. Bu qatorga men yana «Arsenal» hamda PSJni ham kiritgan bo‘lardim.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» hamda «Inter» o‘rtasidagi Chempionlar ligasining yarim final bosqichidagi ilk uchrashuvi 30 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. Bu o‘yin futbol muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.
O'zbekiston yangiliklari Barselona O‘yinInter MurabbiyiYevropa JamoalariFutbol MuxlislariChempionlar LigasiToshkent Vaqti Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar