
«Manchester Yunayted» yozda yirik transfer amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir nechta nomzodlar ichida ayniqsa «Real»ning braziliyalik yulduzi Rodrigo ustuvor hisoblanmoqda. Bu haqda ispaniyalik nufuzli manba – TodoFichajes nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» 24 yoshli hujumchi uchun «qirollik klubi»ga 150 million yevro miqdorida rasmiy taklif tayyorlab qo‘ygan. Bundan tashqari, «Manchester Yunayted» rahbariyati Rodrigoni o‘z saflariga qo‘shib olish uchun futbolchiga yuqori maosh taklif qilishga tayyor ekanini ham bildirgan.
Biroq bu transfer «Yunayted» uchun oson kechmaydi, chunki Angliyaning boshqa grandlari – «Liverpul» va «Manchester Siti» ham bu iqtidorli forvard uchun jiddiy kurashga kirishgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi ham Rodrigoni transfer qilishga katta qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» rahbariyati ham futbolchini sotib, yaxshi daromad olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Klub mutasaddilari kerakli taklif bo‘lgan taqdirda transferga qarshi emasliklarini bildirishgan.
Rodrigo bu mavsum madridliklar safida o‘zining yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan ajralib turibdi. Uning tezkorligi, texnikasi va to‘purarlik mahorati «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Amorim uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Bu transfer amalga oshsa, Rodrigo «Yunayted»ning asosiy yulduzlaridan biriga aylanishi mumkin. Hozircha esa, bu transfer amalga oshishini kuzatish juda qiziq bo‘ladi. Muxlislar yozgi transfer oynasida katta shov-shuv kutishmoqda.
O'zbekiston yangiliklari Manchester YunaytedReal YulduziRodrigo TransferYukori MaoshFutbolchi TaklifOson Kechmaydi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar