date
views 48

Server Jeparov: "Navbahor" bilan o‘yin o‘ziga hos ajiotajni yuzaga keltirdi"

Server Jeparov: "Navbahor" bilan o‘yin o‘ziga hos ajiotajni yuzaga keltirdi"
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Oqtepa" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Server Jeparov fikrlarini bildirdi.

"Bugun o‘yin davomida juda yaxshi atmosfera bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi. Superliga vakili "Navbahor" yana qachon keladi bilmayman. Bu raqib bilan uchrashuv o‘ziga hos ajiotajni yuzaga keltirdi, stadion to‘ldi. O‘ylaymanki, qiziqarli uchrashuv guvohi bo‘ldik. Vaziyatlarga kelsak, ikki jamoada imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi deya olaman. Agar vaziyatlar golga aylanganida bahs yanada tomoshabop ko‘rinish olardi", - deydi Server Jeparov.

- Bu o‘yin futbolchilaringiz uchun tajriba vazifasini o‘tadimi? Raqib haqida nima deya olasiz?
- Men o‘z futbolchilarim haqida gapirishni ma’qul deb bilaman. Yigitlarga ofarin. Birinchi bellashuvda biroz hayajonlanishdi. Bugun esa ishonchliroq o‘ynashdi. Ular o‘ynay olishadi. O‘zlarini ko‘rsatishlariga shubham yo‘q edi. Agarda raqib darvozasini ishg‘ol qilishganida boshqacha bo‘lardi. Bunday o‘yinlar orqali futbolchilar tajriba to‘plashadi, ishonch orttirishadi. Keyingi safar osonroq bo‘ladi.

- Futbolchilaringiz ko‘rsatmalarni qanchalik to‘g‘ri bajarishdi?
- Agar hammasi biz istagandek bo‘lganida g‘alaba qozongan bo‘lar edik (kuladi). Muhimi yigitlar harakat qilishdi. Ayrim pallalarda o‘xshadi yoki aksincha. Umumiy ma’noda shogirdlarimni olqishlayman. To‘g‘ri, texnik jihatdan ishlanadigan holatlar bor. Asosiy vazifa o‘yindan-o‘yinga yaxshilanib borish.

- "Oqtepa" darvozaboni bugun ishonchliroq o‘ynadi...
- U oyoqda yaxshi o‘ynaydi. Shuning uchun bugun imkoniyat berdik. Lekin raqib bugun kuchli edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Server Jeparov: "Navbahor" bilan o‘yin o‘ziga hos ajiotajni yuzaga keltirdi"