date
views 222

Bugun Superligada bo‘lib o‘tadigan 3 ta o‘yin haqida mutaxassisning fikri qanday?

Bugun Superligada bo‘lib o‘tadigan 3 ta o‘yin haqida mutaxassisning fikri qanday?
Superliganing 8-turi o‘zgacha boshlandi, shunday emasmi? Kecha “Xorazm” – “Nasaf” hamda “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari bellashuvlariga guvoh bo‘ldik.

Ikki yetakchining ochko yo‘qotishi qaysidir ma’noda ajablanarlidek tuyuldi. “Nasaf” Jizzaxda “Xorazm”ni mag‘lub eta olmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldilar.

“Bunyodkor” bo‘lsa, o‘z uyida qo‘qonliklarga qo‘shib berilgan oxirgi daqiqada darvozabonning kutilmagan xatosi sababli mag‘lub bo‘ldi, mehmonlar esa darvozabonning sovg‘asidan foydalanib g‘alabani ilib ketdi. Holbuki, Ilyos Zeytullayev jamoasi 80-daqiqadan keyin ham 1:0 hisobida oldindan borayotgan edi. Biroq futbol shunisi bilan qiziqki, unda kutilmagan vaziyatlar ro‘y berib turadi.

Bugun rejaga ko‘ra uchta o‘yin o‘tkaziladi. “Buxoro” – “Mash’al”, “OKMK” – “Andijon” hamda “Qizilqum” – “Navbahor” o‘rtasidagi o‘yinlarga shubhasiz qiziqish yuqori.

Har bir juftlikning o‘ziga yarasha keskinlik ruhida o‘tadigan sabablari bor. Shu bois har bir uchrashuv bizga juda qiziq bellashuvlarni taqdim etsa ajab emas.

Taniqli mutaxassislardan biri Jasur Abduraimov esa bugungi uchta o‘yin oldidan jamoalarning imkoniyatlarini quyidagicha chamaladi.

18:00. “Buxoro” – “Mash’al”

“Buxoro” qiyin vaziyatda. “Mash’al” ham chakki emas. Ammo, mening o‘ylashimcha, ushbu bahsda “Buxoro” yutishi kerak”.

19:30. OKMK – “Andijon”

“Bu qiyin masala. Kim qamroq xato qilsa o‘sha jamoa maqsadiga erishadi. OKMK o‘z uyida faqat g‘alaba uchun kurashadi. Ammo “Andijon”ga ham g‘alaba kerak. Ular ketma-ket bir nechta uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lishdi. Shu bois “Andijon”da ham boshqa varianti yo‘q, g‘alaba zarur”.

20:15. “Surxon” – “Paxtakor

“Hozircha “Paxtakor” ham o‘z o‘yinini topa olmayapti. Yaxshi o‘yin bo‘ladi”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Superligada bo‘lib o‘tadigan 3 ta o‘yin haqida mutaxassisning fikri qanday?