date
views 116

Superliga. "Qizilqum" o‘z maydonida "Navbahor"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Qizilqum" o‘z maydonida "Navbahor"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Navbahor” bahsi yakunlandi. Gollarga boy o‘tgan bellashuvda navoiyliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 5-daqiqada “Navbahor” tomonidan ochilgan bo‘lsa, 19-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirdi. Birinchi taymning yakuni arafasida namanganliklar yana hisobda oldinga chiqib oldi — 1:2.

Birinchi bo‘lim mazkur natija bilan yakunlandi. Ikkinchi taym boshida “Qizilqum” yana hisobni tenglashtirdi. Tablodagi natija 2:2 ko‘rinishini olib turgan payt uchrashuv qizig‘in kechdi. Har ikki jamoa ham navbatma-navbat xavfli hujumlar uyushtirib, darvozalar qarshisida bir nechta vaziyatlarni yaratdi.

Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Navoiy klubi g‘alaba to‘pini kiritdi. Aniqrog‘i, 102-daqiqada Elguja Lobjanidze penaltidan gol kiritib, jamoasiga 3 ochko qo‘lga kiritishda yordam berdi. Mazkur g‘alabadan keyin “Qizilqum” hisobidagi ochkolar soni 10 taga yetdi va turnir jadvalida 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Navbahor” esa 11 ochko bilan 7-o‘rindan joy oldi.

"Qizilqum" — "Navbahor" 3:2
Gollar
: Abbos G‘ulomov (Alisher Odilov) 4, 0:1, Ilhomjon Vahobov 19, 1:1, Alisher Odilov (Zabihillo O‘rinboyev) 44, 1:2, Dilshodjon Komilov (Jambuli Jigauri) 52, 2:2, Elguja Lobjanidze (penalti) 90+12, 3:2

"Qizilqum": 1. Sanjar Quvvatov, 4. Ilhomjon Vahobov, 5. Dilshodjon Komilov, 7. Davron Anvarov (79. Diyor Rahmatilloyev,83) 10. Roman Papariga (77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 77), 11. Jambuli Jigauri (23. Samandar Shukurullayev, 90+14), 15. Nikola Kumburovich, 18. Farhodbek Bekmuratov, 70. Alen Mashovich, 88. Dushan Miyich, 99. Elguja Lobjanidze.
Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 6. Murodali Usmonov, 9. Humoyun Abdualimov, 19. Ilhomjon Kenjayev, 33. Sulton Rahmatov, 71. Asadbek Baxshilloyev.

"Navbahor": 1. Umidjon Ergashev, 8. Shohmalik Komilov (6. Sherzod G‘ulomjonov,84), 9. Zabihillo O‘rinboyev, 12. Saidazamat Mirsaidov, 13. Benjemin Teydi, 17. Ruslanbek Jiyanov, 33. Sergey Karpovich, 36. Gilerme Gedesh, 37. Alisher Odilov (11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov,84), 70. Abbosjon G‘ulomov, 99. Igor Gabriyel.
Zaxira: 16. Shukron Yuldashev, 4. Shahzod Tairov, 7. Azimjon Ahmedov, 22. Asadbek Jo‘raboyev, 23. Jahongir Tursunov, 55. Komiljon Tojiddinov.

Ogohlantirish: Alen Mashovich ("Qizilqum") 76
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Qizilqum" o‘z maydonida "Navbahor"ni mag‘lub etdi