date
views 93

«Bavariya» muddatidan oldin Bundesliga chempionligini nishonladi, Xarri Keynda ilk sovrin...

«Bavariya» muddatidan oldin Bundesliga chempionligini nishonladi, Xarri Keynda ilk sovrin...
Germaniya Bundesligasi 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Frayburg" va "Bayer" uchrashuvi "Bavariya" klubining navbatdagi chempionligiga yo‘l ochdi. Bellashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

"Frayburg" o‘z maydonida o‘yinni juda yaxshi boshladi va 44-daqiqada Maksimilian Eggeshtaynning goli bilan oldinga chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada mehmonlar himoyachisi Pero Inkapie to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi va hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi.

Ammo leverkuzenliklar mag‘lubiyatga rozi bo‘lishni istamadi. "Bayer" yetakchisi Florian Virs 82-daqiqada hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘nggida esa, 90+3-daqiqada Jonatan Ta hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, "Bayer" g‘alaba qozona olmadi va bu bilan chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi.

Bu natija ortidan, "Bavariya" muddatidan avval 34-marta Germaniya chempionligini rasman nishonlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. "Bavariya" so‘nggi mavsumda chempionlikni qo‘lga kirita olmagan edi, shu tariqa myunxenliklar yana o‘z taxtiga qaytishdi.

E’tiborli tomoni, bu mavsum «Bavariya» safiga kelib qo‘shilgan ingliz hujumchisi Xarri Keyn uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi. Keyn ushbu sovrin bilan o‘z faoliyatidagi birinchi katta g‘alabasini nishonladi va jamoasining asosiy to‘purari sifatida tarixda qoldi.

Myunxen klubi bu mavsumda ham juda kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etdi. Xavi Alonso boshchiligidagi «Bayer» esa umidini yo‘qotmasdan, chempionlik uchun shiddatli kurash olib bordi, ammo bu o‘yindagi durang natija ularning chempionlik imkoniyatini batamom barbod qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bavariya» muddatidan oldin Bundesliga chempionligini nishonladi, Xarri Keynda ilk sovrin...