
"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov Superliga 8-tur doirasidagi "Sho‘rtan" (3:1)ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
— Yaxshi o‘yin va yaxshi ob-havo, muxlislar bahsdan qoniqishdi deb o‘ylayman. Ular to‘rtta gol ko‘rishdi, bu esa futbolni chiroyli qiladi. Birinchi bo‘lim biroz qiyinroq bo‘ldi, ammo golimizni urib olgach, raqib ochildi va vaziyatlarimizdan foydalandik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.
— Hojimirzayev va Stanoyevich erta almashtirildi, ularda sog‘lik bilan hammasi joyidami?
— Bu taqvim bilan bog‘liq. Barchasi tig‘iz. Keyingi o‘yinimiz 9 mayda. O‘zgarishlar shu bilan bog‘liq.
— 8 yil o‘tib G‘uzorga Superliga qaytdi. Bu haqda nima deya olasiz?
— Ajoyib stadion va maydon. Bu yerda menga doim yoqqan. Oldinda "Sho‘rtan"ga omad tilayman.
— "Dinamo" "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda to‘pni raqibga berib, ularning qo‘lidan nima kelishini kutgandi. Bugungi ham o‘yin shunday kechdimi?
— "Sho‘rtan" jangovar jamoa. Ularni o‘rgangandik va qanday o‘ynashini kutgandik.
— Bugun omadli o‘zgarishlar bo‘ldi. Xislat Xalilov va Oybek O‘rmonjonov gol urishdi. Ularning o‘yini haqida nima deya olasiz?
— Bu "Dinamo"ning kelajagi bo‘lgan yosh o‘yinchilar. Ularga ishonch bildiramiz va ular asosiy tarkib o‘yinchilari.
— "Dinamo" uch o‘yindan beri safarda. "Dinamo" poyezd va avtobusda harakatlanadi. Bu qanchalik qiyinchilik tug‘diradi?
— Jismoniy holatni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘g‘ri tiklanish jarayonini o‘tash kerak. Ha, bunga qadar Samarqandda atigi ikkita o‘yin o‘tkazdik.
— "Dinamo" yetakchilar qatorida. Ammo, to‘plar nisbatiga qarasak 7:2ni ko‘rishimiz mumkin. Yetakchilarda 15tadan gol urilgan.
— Bu futbol. Bizni ham o‘rganishadi. Futbolda jamoani himoyalanishdan ko‘ra hujum qilishga o‘rgatish qiyin. Bugun uchta gol urdik, bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Bizda vaziyatlar bor, ammo ulardan foydalanishda oqsaymiz.
— Hojimirzayev o‘tgan yili 12-13ta gol urgandi. Joriy mavsumda esa ikkita gol, ammo 1:0 hisobida tugagan o‘yinlarda to‘p kiritdi. Shuningdek, hal qiluvchi ikkita assistni amalga oshirdi. Uning joriy mavsumdagi samaradorligi haqida nima deya olasiz?
— Hammasi yaxshi. Hujumchi boshqacha bog‘liq o‘yinchi, unga ham uzatmalar berish kerak. Menimcha, u yanada yaxshilanib boradi. Shuningdek, u hozirgi to‘plarga oldingi mavsumdagi to‘plarga tepgandek tepmoqda, ular biroz boshqacha, mashg‘ulotlarda ham buni ko‘rmoqdaman. U esa huddi oldingi to‘pga tepgani kabi zarba bermoqda.
DinamoVadim AbramovSuperligaO‘yin HaqidaYosh O‘yinchilarHojimirzayevJismoniy HolatFutbolda Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar