date
views 57

"Neftchi"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan "Andijon" murabbiyi nimalar dedi?

"Neftchi"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan "Andijon" murabbiyi nimalar dedi?
Superliganing 9-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o‘yindan keyin "Andijon" vaqtinchalik bosh murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Muxlislar g‘alaba kutgan edi. O‘yinni juda zo‘r tashkil qiladigan jiddiy raqibga qarshi o‘ynadik. Raqibning birinchi va ikkinchi hududiga o‘ta oldik. Faqatgina hujumni yakunlashda muammolarga duch keldik. Raqib bizga imkoniyat bermadi va biz ham deyarli vaziyat yarata olmadik. Ikki vaziyatda biz raqibni qarshi hujumda ushladik, keyinchalik ular to‘p yo‘qotilgandan keyin bunday holat kuzatilishi mumkin deb, bu jihatda ham o‘ynashdi. Raqibni yana bir bor g‘alaba bilan tabriklayman. Ular adolatli g‘alabaga erishishdi va bizni to‘laqonli jazolashdi.

- Jamoani o‘yinga bosh murabbiysiz tayyorlash Sizga qiyin bo‘ldimi?

- Butun bir jamoaning ruhiy holati juda og‘ir darajada. Ketma-ket besh mag‘lubiyat, jamoaning bosh murabbiysiz qolishi. Jamoa o‘rtada uyg‘ongandek ko‘ringandi, biroq bu yetarlicha bo‘lmagan ekan. Menimcha bizga qiyin holatdan chiqib olish uchun vaqt yetmayapti. Hozir har 3-4 kunda o‘yin. Ketma-ket mag‘lubiyat, mag‘lubiyat, mag‘lubiyat - barcha futbolchilar ruhiy jarlikda. Bundan chiqib olish uchun 3-4 kun kamlik qiladi.

- Bugungi uchrashuvda maydoni markazi deyarli boy berildi. Bu haqida fikringiz qanday?

- "Neftchi"ning futbolchilar biznikilardan kuchlilik qildi. Biz faqatgina markazni emas, to‘p yo‘qotilgandan keyin barcha o‘z joyiga tushib olishi degan narsa bor, shu jihatni yo‘qotib qo‘ydik. Raqiblarning markazdagi futbolchilari biznikilardan tezroq. Raqib jarima maydonchasi va o‘z jarima maydonchamizda futbolchilarning mahorati farqlanib turibdi. Masalan biz raqib jarima maydonchasi ichiga kirolmagan bo‘lsak, raqiblar 3-4 vaziyatdan ikkita gol urishdi. Mana farq.

- Bugungi urilgan gollarning ikkalasida ham Oleg Zoteyevning aybi bor. U jamoa sardori sifatida o‘ynamoqda. Mavsum boshidagi Oleg Zoteyevdan asar ham yo‘q. Uning o‘yini haqida nima deya olasiz?

- Birinchi gol Oleg Zoteyevning qanotidan urilmadi. U to‘p uchun kurashdi va g‘olib bo‘ldi. Keyin to‘pni yo‘qotdik. Uzatma vaqtida o‘ng qanot himoyachimiz joyini yo‘qotib qo‘ydi, Sayfiyev gol urib ketdi. Ikkinchi golda Siz aytganingizdek, uning aybi bor. Zoteyev birga bir holatda yutqazdi. Nima ham deya olardim... Istalgan futbolchi xato qiladi. Birorta xato qilmaydigan futbolchi yo‘q. Barcha futbolchilar undan mamnun. Balki yosh o‘z ta’sirini o‘tkazayotgandir. Lekin Oleg o‘z ishiga professional yondashadi, mashg‘ulotlarda bor kuchi bilan ishlaydi va asosiy tarkibga loyiq futbolchi.

- Bugungi uchrashuvda yarim himoyachi Rustam Turdimurodov o‘rniga Usmonali Ismonaliyev maydonga tushdi, keyinchalik tezda himoyachi o‘rniga hujumchi Islam Mashukovni o‘yinga qo‘shdingiz. Bu taktik qarashingiz bilan bog‘liqmidi?

- Bu vabank. Usmonaliga hujumda o‘ynash yangilik emas. Oldin "Andijon"da ham, "Bunyodkor"da ham hujumda o‘ynagan. Bizga hujumda chaqqon futbolchi kerak edi. Biroq rejalarimiz o‘xshamay qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Neftchi"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan "Andijon" murabbiyi nimalar dedi?