date
views 145

Superliganing 9-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollarni tomosha qiling

Superliganing 9-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollarni tomosha qiling
Superliganing 9-turini boshlab bergan "Andijon" - "Neftchi" qarama-qarshiligidagi vodiy derbisida mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Ushbu tur doirasida "Andijon" o‘z uyida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Farrux Sayfiyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Jamshid Iskanderov oradagi farqni 2 taga yetkazib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng "yo‘lbarslar" ochkolar sonini 15 taga yetkazib olib, "Bunyodkor" va "Dinamo" bilan tenglashib oldi. "Burgutlar" esa 9 ochko bilan turnir jadvalining 12-o‘rinida qoldi.

Superliganing 9-turida Samarqandning "Dinamo" klubi o‘z uyida "Surxon"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvning 21-daqiqasida Richard Fraydey tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa, "Dinamo" ochkolar sonini 18 taga yetkazib, 2-o‘ringacha ko‘tarildi. "Surxon" esa 10 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliganing 9-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollarni tomosha qiling
LiveInternet