
Futbol dunyosida yana bir ehtimoliy tarixiy transfer muhokama markazida. Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi safida to‘p surib kelayotgan Krishtianu Ronaldu o‘zining ilk klubi — Portugaliyaning “Sporting” jamoasiga qaytish imkonini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
“Sporting” yangi davrga tayyor
Portugaliya ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, “Sporting” yozda asosiy to‘purari — shved hujumchisi Viktor Dyokereshni Yevropa grand klublariga sotishni rejalashtirmoqda.
Uning o‘rnini esa tarbiyalanuvchisi, jahon futbolidagi eng mashhur yulduzlardan biri — Krishtianu Ronaldu bilan to‘ldirish niyatida.
2026 – Ronalduning so‘nggi maqsadi
Fichajes nashrining yozishicha, Ronalduning asosiy maqsadi — 2026 yilgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi tarkibida ishtirok etish. Bu musobaqa 40 yoshli futbolchi uchun xalqaro faoliyatidagi oxirgi yirik turnir bo‘lishi kutilyapti.
Shu boisdan, u Yevropa futboliga qaytish orqali sport formasini yuqori darajada ushlab turishni maqsad qilgan.
“Sporting” tayyor — ikki tomonlama manfaat
“Sporting” rahbariyati ham bu ehtimolni yuqori baholamoqda. Ular Ronalduga Yevropa arenalarida yana o‘zini namoyon etish, Yevropa Ligasi yoki Chempionlar ligasida harakat qilish imkoniyatini berishga tayyor.
Mutassaddilar va futbol ekspertlariga ko‘ra, ushbu transferning amalga oshish ehtimoli kun sayin ortib bormoqda. Bu qaytish Ronaldu uchun shaxsiy faoliyatidagi ramziy yakun bo‘lishi mumkin.
Zamin.uz tahririyati bu ehtimoliy transferni faqat sport nuqtayi nazaridan emas, balki ma’naviy va tarixiy jihatdan ham yuksak ahamiyatli deb baholaydi. Krishtianu Ronalduning “Sporting”ga qaytishi — bir davrning zanjiri yakunlanishi, balki jahon chempionati oldidan yangi ruhiy motivatsiyaning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
FutbolKrishtianu RonaldуSportingYevropaTransferJahon Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar