date
views 46

Ulug‘bek Bakayev: "6:0 hisobida mag‘lub bo‘lish juda og‘riqli"

Ulug‘bek Bakayev: "6:0 hisobida mag‘lub bo‘lish juda og‘riqli"
Superliganing 9-turi doirasida "Paxtakor" maydonidagi mag‘lubiyatdan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yinni yaxshi boshladik, birinchi bo‘limda gol ham urdik, VAR esa golni hisoblamadi va ofsayd borligini aytishdi. Bilmadim, qayerda ofsayd ko‘rishdi. Takroriy lavhalarni ko‘rdim va menimcha gol toza urildi. "Paxtakor"ning tarkibi kuchli, ijrochilari bor. Ular o‘z vaziyatlaridan foydalanishdi. Birinchi bo‘limda ikkita urishdi, ikkinchi bo‘lim boshidagi xatolar esa... Hech kimni ayblamoqchi emasman, yigitlarga minnatdorlik bildiraman. "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman, biroq 6:0 hisobida mag‘lub bo‘lish juda og‘riqli. Mag‘lubiyatdagi barcha ayb va mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman.

- Jamoaning tarkibi yomon emas, sharoitlar ham yetarlicha. Klubda moliyaviy yoki natijaga salbiy ta’sir o‘tkazadigan boshqa muammolar bormi?

- Bu yerda ajratib ko‘rsatiladigan narsalar ko‘p. Hozir jamoa ruhiy tushkunlikda. Sobiq futbolchi sifatida aytaman, bunday holatdan chiqib ketish juda qiyin. Bu yerda bir "portlash" kerak. Ya’ni, g‘alaba qozonishimiz yoki 3 ochko olishimiz kerak. Futbolda futbolchining ruhiy tushkunlikka tushib qolishi odatiy holat. Biz o‘yin davomida raqib darvozasi tomon 4-5ta zarba beryapmiz, raqib darvozaboni yaxshi qaytaryapti. "Paxtakor"da esa zarbalari odatda chiroyli gollar, ijro mahorati bilan yakunlanyapti, bunga e’tiroz yo‘q. Shunchaki bizga berilgan zarbalarning barchasi gol bo‘lyapti. Demak, bu qandaydir ishonchsizlik emas, boshqa narsa. Ruhiy qo‘rqishmi, bilmadim. Bu ruhiy tushkunlikdan tezroq chiqib ketish kerak. Lekin bu juda qiyin.

- Balki bunga jamoaning faqatgina safar o‘yinlarida o‘ynayotgani sababdir. Baribir Buxoroda jamoa ko‘p g‘alaba qozonardi.

- Qachonki biz Buxoroda bo‘lsak, o‘z jonajon stadionimiz bo‘lardi, 25 ming muxlis kelardi, bu esa qo‘shimcha ruh berardi. Bahsli vaziyatlarda hakamlar mezbonlarga yonbosardi. Bu ham bir plyus. Safarda bo‘layotganimiz uchun muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini his qilmayapmiz. Bu borada ham nyuanslar bor. Hozircha shunday.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Bakayev: "6:0 hisobida mag‘lub bo‘lish juda og‘riqli"