date
views 306

Xabi Alonso «Real» uchun uch nafar yulduz himoyachini nishonga oldi

Xabi Alonso «Real» uchun uch nafar yulduz himoyachini nishonga oldi
Kelasi mavsumdan boshlab «Real» klubida bosh murabbiy lavozimiga kirishishi kutilayotgan Xabi Alonso hozirdanoq jamoaning yangi tarkibini shakllantirish ishlariga jiddiy kirishgan. Yevropa ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis, ayniqsa, «Qirollik klubi»ning eng katta muammolaridan biri hisoblangan himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan.

Taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xabi Alonso markaziy himoyani mustahkamlash uchun uch nafar mashhur futbolchini tanlab olgan. Ular orasida «Bornmut» klubining iqtidorli himoyachisi Din Xyoysen, «Arsenal» klubining asosiy yetakchilaridan biri Vilyam Saliba hamda «Liverpul» safida Angliya chempionligiga erishgan fransuz himoyachi Ibrohim Konate kabi nomlar bor.

Ma’lum bo‘lishicha, bu transferlar Madrid klubiga ancha qimmatga tushishi mumkin. Shuningdek, bu futbolchilarning transferi bo‘yicha «Real» Yevropaning «Liverpul», «Chelsi» va «Manchester Siti» kabi yirik va moliyaviy jihatdan kuchli klublari bilan jiddiy raqobatga kirishishi zarur.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar madridliklar ushbu uch yulduz himoyachini o‘z saflariga qo‘sha olsalar, «Real»ning himoya chizig‘idagi uzoq vaqtlik muammolari yechimini topib, jamoa yana bir bor Yevropa futbolidagi eng kuchli klublar safida o‘z o‘rnini mustahkamlashi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso «Real» uchun uch nafar yulduz himoyachini nishonga oldi