21:38 / 24.11.2016
6 096

Mirjalol Qosimovning jamoasi hozircha sir tutilmoqda

Mirjalol Qosimovning jamoasi hozircha sir tutilmoqda

Bizga ma’lum qilishlaricha, Mirjalol Qosimov 2017 yilgi mavsum uchun oliy liga jamoalaridan birining bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Unga odatga ko‘ra Aleksandr Volkov yordamchilik qiladi. Bu tandem safini Baxtiyor Ashurmatov ham to‘ldirishi mumkin.

Olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, ular yangi mavsum uchun ayrim futbolchilar bilan aloqaga chiqishga ham ulgurganlar. Faqat jamoaning nomi sir tutilgan.

Mirjalol Qosimov qaysi jamoaga qaytadi? Bu hozircha sir tutilmoqda.

Aftidan 2017 yil qiziq bo‘ladi. Kumikov «Olmaliq»da, bu erda Qosimov, «Paxtakor»da ham jiddiy islohot bo‘lishi kutilyapti. «Navbahor» oliy ligada qolgan taqdirda, viloyat hokimi tumanda futbol strukturasini tuzish haqida o‘ylayapti.

Manba : championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimovning jamoasi hozircha sir tutilmoqda