
17 may kuni Qo‘qon shahrida Superliganing 10-turidan o‘rin olgan qiziqarli to‘qnashuv — “Qo‘qon-1912” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00 da “Markaziy” stadionda start oladi.
Qarshi va Qo‘qon jamoalari orasidagi tarixiy raqobat muxlislar uchun hamisha qiziq bo‘lib kelgan. Bu galgi bahs oldidan ham statistikaga nazar tashlash maqsadga muvofiq.
Umumiy statistika: “Nasaf” ustun
Hozirgacha O‘zbekiston chempionati doirasida bu ikki jamoa 28 marta o‘zaro maydonda kuch sinashgan. “Ajdarlar” bu o‘yinlarning 19 tasida g‘alaba qozongan, “Qo‘qon-1912” esa 5 marta zafar quchgan. To‘rtta bellashuv durang bilan yakunlangan.
To‘plar nisbati ham “Nasaf” ustunligini ko‘rsatmoqda — 51:27. Umumiy ochkolarda “Nasaf”da 61 ball bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” jamoasi 19 ochko to‘plagan.
Qo‘qondagi oxirgi uchrashuvlar qanday o‘tdi?
So‘nggi olti marta “Markaziy” stadionda o‘tgan bahslarda natijalar quyidagicha shakllangan:
- 02.05.2022 — “Qo‘qon-1912” 0:1 “Nasaf”
- 28.06.2021 — “Qo‘qon-1912” 1:2 “Nasaf”
- 14.07.2020 — “Qo‘qon-1912” 2:2 “Nasaf”
- 27.08.2019 — “Qo‘qon-1912” 1:0 “Nasaf”
- 13.09.2018 — “Qo‘qon-1912” 1:1 “Nasaf”
- 21.04.2018 — “Qo‘qon-1912” 0:0 “Nasaf”
Bu natijalardan ko‘rinib turibdiki, Qo‘qondagi bahslar “Nasaf” uchun oson kechmagan — so‘nggi 6 uchrashuvda ular faqat ikki marta yuta olgan. Qolgan to‘rt o‘yinda esa yoki durang, yoki mag‘lubiyat qayd etilgan.
Rezerv tarkiblar to‘qnashuvi
Asosiy tarkiblar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan bir kun o‘tib, 18 may kuni “Qo‘qon-1912” va “Nasaf”ning o‘rinbosarlar jamoalari Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida o‘zaro maydonga chiqishadi.
Zamin.uz tahririyati ushbu bellashuvning barcha tafsilotlari va natijalarini sizga tezkor ravishda yetkazib borishda davom etadi. Siz kimning g‘alaba qozonishini kutyapsiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar