date
views 67

Akmaljon Isroilov finalda raqibini nokautga uchratib, O‘zbekistonga beshinchi oltin medalni olib keldi

Akmaljon Isroilov finalda raqibini nokautga uchratib, O‘zbekistonga beshinchi oltin medalni olib keldi
Polshada o‘tkazilayotgan “World Boxing Cup” — Jahon boks kubogi musobaqasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Bugun hal qiluvchi — final bosqichi janglari bo‘lib o‘tmoqda.

-85 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Akmaljon Isroilov o‘zbek boks maktabining kuchini yana bir bor namoyon etdi. Finalda u mezbonlar — Polsha sharafini himoya qilgan Yakub Straszevskiga qarshi jang qildi.

Jang yuqori tempda va qattiq kurashlar bilan o‘tdi. Birinchi raunddayoq bokschimiz raqibga bosim o‘rnatdi, ikkinchi raundga kelib esa barcha ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirdi. Raqib hech qanday javob qaytara olmadi va 2-raundda Akmaljon Isroilov texnik nokaut orqali g‘alaba qozondi.

Bu natija O‘zbekiston terma jamoasi uchun mazkur turnirda qo‘lga kiritilgan beshinchi oltin medal bo‘ldi.

Jangdan so‘ng Akmaljon muxlislarga minnatdorlik bildirdi va g‘alabasini butun yurtdoshlariga bag‘ishlashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu medal nafaqat shaxsiy, balki jamoaviy mehnat samarasidir.

Ayni paytda, Jahon kubogida o‘zbek bokschilari uchun muhim bahslar davom etmoqda. Oldindagi navbatdagi jang — -92 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov va norvegiyalik Omar Shiha o‘rtasidagi hal qiluvchi to‘qnashuv. Ushbu bahs termamiz uchun oltin medallar sonini yanada oshirish imkonini beradi.

Zamin.uz tahririyati jahon arenasida sharaf bilan to‘p suryotgan barcha bokschilarimizga omad tilaydi. Siz Akmaljon Isroilovning g‘alabasi haqida qanday fikrdasiz? Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida ham shunday natijalar kutyapsizmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Akmaljon Isroilov finalda raqibini nokautga uchratib, O‘zbekistonga beshinchi oltin medalni olib keldi