
Madridning "Real" klubida murabbiylikni o‘z qo‘liga olish arafasida turgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ustida ish olib bormoqda. Uning avvalgi qarorlaridan biri jamoa himoyasida sezilarli o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Xabi Alonso klub rahbariyatidan fransiyalik himoyachi Ferlan Mendi bilan xayrlashishni talab qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mendi yangi bosh murabbiyning taktik tizimiga va o‘yin uslubiga to‘liq mos kelmaydi. Alonso himoya chizig‘ida ko‘proq faol va hujumga yordamchi bo‘la oladigan futbolchi ko‘rmoqchi.
Ferlan Mendi 2019 yildan beri "Real" tarkibida faoliyat olib bormoqda va shu vaqt ichida jami 201 ta o‘yin o‘tkazgan. U bu o‘yinlarda raqiblar darvozasiga 6 marta to‘p kiritishga erishgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Ammo so‘nggi mavsumlarda jarohatlar va barqarorlik bilan bog‘liq muammolar tufayli uning jamoadagi ahamiyati pasaygan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi hozirda taxminan 18 million yevroga baholanmoqda. Unga Yevropa klublaridan qiziqish bildirilayotgani ham ma’lum qilinmoqda.
Mendining o‘rniga madridliklar ikki nomzodni ko‘rib chiqishmoqda. Ulardan biri "Benfika" klubida yaxshi mavsumni o‘tkazgan va yuqori tezligi bilan ajralib turuvchi Alvaro Karreras bo‘lsa, ikkinchi nomzod "Jirona" klubida o‘ynayotgan va "Real" akademiyasidan chiqqan Migel Guterresdir. Har ikki futbolchi ham yosh va istiqbolli bo‘lib, madridliklarning kelajagi uchun yaxshi variant sifatida baholanmoqda.
Xabi Alonsoning bu qarori klubdagi boshqa o‘zgarishlarga ham yo‘l ochishi mumkin. Tajribali murabbiyning jamoa tarkibini o‘z ko‘zqarashi asosida qayta qurishga intilayotgani va yozgi transferlar vaqtida bir qator yangi futbolchilarning kelishi kutilmoqda.
Zamin.uz tahririyati madridliklarning yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonini diqqat bilan kuzatib boradi va har bir o‘zgarish haqida o‘z o‘quvchilarini xabardor qiladi. Sizningcha, Xabi Alonso "Real" uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilmoqdami?
Xabi AlonsoReal MadridFerlan MendiYangi MavsumTaktik TizimHujumga YordamchiYosh FutbolchilarTransfermarktMadridliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar