date
views 121

Navbahor Hamidova Tailandda koreyalik raqibini yengib, yarim finalga chiqdi!

Navbahor Hamidova Tailandda koreyalik raqibini yengib, yarim finalga chiqdi!
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha katta qiziqish bilan kutilayotgan xalqaro musobaqa – “Thailand Open” turniri qizg‘in davom etmoqda. 24 mayda boshlangan va 1 iyunga qadar davom etadigan ushbu nufuzli chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli qatnashib, muxlislarni birin-ketin g‘alabalar bilan xushnud qilib kelmoqda.

-65 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Navbahor Hamidova navbatdagi bosqichda Janubiy Koreyaning tajribali va mahoratli charm qo‘lqop ustasi Kang Sukyoungga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur bellashuv ikki sportchining to‘liq raundlar davomida kechgan keskin va shiddatli jangidan iborat bo‘ldi.

Uchala raund davomida Hamidova tezkor va aniq zarbalarini raqibiga muvaffaqiyatli yetkazib, hakamlarning ochkolari bo‘yicha ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi. Natijada vakilamiz musobaqaning navbatdagi, ya’ni yarim final bosqichiga yo‘l oldi va O‘zbekiston boks ishqibozlariga yana bir katta g‘alabani taqdim etdi.

Shuningdek, boks ishqibozlari uchun musobaqadagi qiziqarli janglar hali oldinda ekanini alohida qayd etish lozim. Jumladan, yana bir iste’dodli vakillarimizdan biri Muhammadazizbek Ismoilov yaponiyalik raqib Someya Shoi bilan ringga chiqadi. Bu jang ham qizg‘in va tomoshabop bo‘lishi kutilmoqda.

Yurtimiz bokschilarining keyingi janglarida ham muxlislarni yanada yorqin g‘alabalar kutib turishiga ishonamiz va terma jamoamiz vakillariga omad tilab qolamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Navbahor Hamidova Tailandda koreyalik raqibini yengib, yarim finalga chiqdi!