date
views 316

Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuv 26 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Muborakning “Mash’al”i Toshkentning “Bunyodkor”ini qabul qildi. Uchrashuvdagi barcha gollar muborakliklar tomonidan kiritildi.

Jumladan, 25-daqiqada Nurjahon Muzaffarov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, bosh hakam tomonidan o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sherzod Fayziyev hisobni tenglashtirdi.

Ushbu durang bilan muborakliklar 12 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi. Toshkentliklar esa 17 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.

“Mash’al” — “Bunyodkor” 1:1
Gollar
: 0:1 – 25, Nurjahon Muzaffarov (avtogol), 1:1 – 90+3, Sherzod Fayziyev.

"Mash’al": 1.Umidjon Hamroyev, 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov (8.Sardor Abduraimov, 59), 7.Islombek Baratov, 10.Humoyun Murtozayev, 15.Muhammadali Aliqulov, 18.Dilshod Rahmatullayev ( 2.Mudasiru Salifu,46), 19.Islom Sharipov ( 96.Ibrohim No‘monov.80), 22.Nurjahon Muzaffarov (30.Shohnazar Norbekov, 90), 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziyev.
Zaxira: 35.Dostonbek To‘xtaboyev, 9.Ibrohim G‘anixonov, 17.Anvar Murodov, 24.Avazxon Mamatxo‘jayev, 34.Shahboz Jo‘rayev.

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiyev, 2.Nikoloz Mali, 6.Bobur Yo‘ldoshev, 7. Odil Hamrobekov, 8.Martin Shroler (10.Rasul Yo‘ldoshev, 46), 9.Imeda Ashortia (4.Najmiddin Normurodov, 83), 15.Marko Bugarin, 21.Nosir Abdusalomov (57.Amir To‘raqulov.67), 25.Itsuki Urata, 74.Luis Kachorri (19.Farruhjon Qodirov,80), 77.Muzaffar Olimjonov (30.Sardor Abdunabiyev, 80).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5.Aleksandr Zevadinov, 11.Temirxo‘ja Abduxoliqov, 22.Azizbek Amonov.

Ogohlantirish: 32 - Martin Shroler, 40 - Sherzod Fayziyev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadi