
"Nasaf" bosh murabbyi Ro‘ziqul Berdiyev Superkubok bahsidagi g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Fursatdan foydalanib, muxlislarimizni tabriklamoqchiman. O‘yin biz uchun kutilmaganda "Andijon"ning kuchli qarshiligi bilan start oldi. Biroq taym o‘rtalariga kelib, o‘yinni o‘zimiz tomonga og‘dirib oldik.
- Ikkinchi taymda raqibga bosimni kuchaytirishni maqsad qildik. Menimcha, bugun raqibdan yaxshiroq harakat qildik va g‘alabaga loyiq edik, deb hisoblayman.
- Ularni sxemasida o‘tgan uchrashuvlardayoq o‘zgarishni sezdik. Bugungi bellashuvda ham jamoada ruhiy o‘zgarishlar borligini sezdik. Har doimgiga qaraganda raqib bahsni kuchli boshladi.
- Biz g‘alabani juda ham xohladik. O‘yindan keyingi seriyaga borishni xohlamadik. Sherzodning va Xebayning maydonga tushishi o‘yinda faolligimizni oshirdi. Qisqa qilib aytganda, o‘zgarishlar o‘yinga ta’sir qildi.
- Sherzod ancha vaqt biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi. O‘yin oldi ikki yoki uchta mashg‘ulotlarda qatnashdi. Oybekning termaga chaqirilmagani qarorini hurmat qilaman. Bu ularning ishi va muhokama qilmoqchi emasman.
- Yechinish xonasida ko‘rsatmalar sababli ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik. Raqib uchun noqulayliklar tug‘dirish maqsadida o‘yinni o‘zgartirdik. Yuqori bosim ostida ko‘p bora to‘pni olib qo‘ydik. Biroq realizatsiya oqsadi.
- "Andijon" bizni o‘rgangani uchun bizni yopa oldi. Oybek va Cheranni ularning futbolchilari yaxshi qo‘riqladi. Bu bizga qiyinchiliklar tug‘dirdi. "Andijon" jamoasi bugun yaxshi ishtiyoq ko‘rsatdi. Balki, mahorat bizda ustundir, ammo ular yaxshi kurashuvchanlik namoyish etdi.
- Bizning bu yilgi rejamiz - ko‘proq mahoratga e’tibor qaratish. E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz Javohirdan ko‘proq tayanch sifatida foydalanardik. O‘tgan safar ham aytganimdek, Cheranning bizga tajribasi muhim. Pozitsion hujumlarda u bizning asosiy futbolchimiz. O‘nga yaqin futbolchi bizni tark etdi, ammo biz saralab 4-5 nafar futbolchini tarkibga jalb qildik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar