date
views 114

Feruza Kazakova jangni 2-raundda yakunladi — finalga yo‘l ochiq!

Feruza Kazakova jangni 2-raundda yakunladi — finalga yo‘l ochiq!
Tailandning Bangkok shahrida 24 maydan 1 iyunga qadar o‘tkazilayotgan nufuzli “Thailand Open” boks turnirida yurtimiz charm qo‘lqop ustalari navbatma-navbat finalga yo‘l olishmoqda. Bugundan yarim final bosqichi rasman start oldi va o‘sha bellashuvlardan biri — -54 kg vazn toifasida Feruza Kazakovaning mezbonlar vakili Apisada Tantavaga qarshi bahsi yuqori darajadagi shiddat bilan o‘tdi.

Yigitona harakatlari bilan nafaqat murabbiylarini, balki tomoshabinlarni ham hayratga solgan Kazakova raqibini 2-raundning o‘zida texnik nokautga uchratib, final uchun yo‘lni ochdi. Uning jangdagi tajovuzkor uslubi, aniq va kuchli zarbalari, shuningdek, psixologik ustunligi natijani o‘z foydasiga hal qildi.

Eslatib o‘tamiz, Feruza Kazakova joriy musobaqada boshidanoq yuqori formada ekanini ko‘rsatmoqda. Uning finalga chiqishi terma jamoamiz uchun muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, bugun yana bir muhim to‘qnashuv yurtimiz vakili Navbahor Hamidova hamda xitoylik Liu Yang o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsda ham muxlislar yuksak kayfiyat, kuchli harakat va finalga yo‘llanma uchun keskin kurashni kutmoqda.

Zamin.uz tahririyati Feruza Kazakovani chin qalbdan tabriklaydi va unga finalda ham zafarli chiqishini tilaydi. Chunki har bir g‘alaba — nafaqat shaxsiy yutuq, balki yurt sharafini dunyoga ko‘rsatishdir!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Feruza Kazakova jangni 2-raundda yakunladi — finalga yo‘l ochiq!