
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 24 maydan 1 iyungacha bo‘lib o‘tayotgan xalqaro boks turniri jadal pallaga kirib bormoqda. Bugungi yarim final bahslari doirasida yurtimizning 70 kg vazn toifasidagi vakili Muhammadazizbek Ismoilov maydonga chiqdi va navbatdagi bosqich uchun muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ismoilov Xitoy Taypeyi nomidan ringga ko‘tarilgan Kan Chia-Veyga qarshi bahs olib bordi. Uch raund davomida mutlaq ustunlik namoyon etgan bokschimiz 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Uning aniq zarbalari, harakatdagi ustunligi va ruhiy tayyorgarligi hakamlar tomonidan birdek yuqori baholandi.
Muhammadazizbekning bunday ishonchli chiqishi uni final yo‘llanmasiga olib chiqdi va bu orqali u nafaqat shaxsiy, balki milliy terma jamoamiz sharafini ham yanada baland ko‘tardi. Hozirda uni finalda yanada kuchli raqib bilan kuch sinash kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bangkokdagi mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasidan bir necha yosh va iqtidorli bokschilar ishtirok etmoqda va ularning aksariyati finalgacha yetib keldi yoki medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Oldinda esa, yana bir qiziqarli to‘qnashuv – Javohir Abdurahimov hamda Iordaniya bokschisi Zaid Iashash o‘rtasidagi bahs kutilmoqda. Ushbu bellashuv ham muxlislar uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Zamin.uz tahririyati Muhammadazizbek Ismoilovni finalga yo‘l olgani bilan chin dildan tabriklaydi va hal qiluvchi bosqichda ham g‘alaba qozonib, yurtimiz sharafini yanada baland tutishiga tilakdoshligini bildiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar