date
views 629

Dembelening o‘tkir nigohlari PSJga tarixiy chempionlikni keltirdi!

Dembelening o‘tkir nigohlari PSJga tarixiy chempionlikni keltirdi!
Yevropa Chempionlar ligasi 2024/25 mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda PSJ va "Inter" jamoalari o‘zaro kurash olib bordi va uchrashuv parijliklarning tarixiy g‘alabasi bilan yakunlandi – 5:0. Ushbu yirik natijada jamoa yarim himoyachisi Usmon Dembelening hissasi nihoyatda yuqori bo‘ldi.

Fransiyalik 28 yoshli futbolchi o‘yin davomida ajoyib mahorati bilan barchaning diqqat markazida bo‘ldi. U o‘tkazgan har bir harakati bilan jamoasini oldinga boshladi. Ayniqsa, uning ikki marta ajoyib golli uzatmasi stadionga yig‘ilgan muxlislarning olqishlariga sabab bo‘ldi.

Ammo Dembelening o‘yindagi ta’siri faqat uzatmalar va texnik harakatlar bilan chegaralanmadi. Uning o‘yin davomidagi to‘pga qaratilgan o‘tkir nigohlari haqiqatan ham o‘ziga xos holat edi. Hatto o‘yin paytida tushirilgan lavhalarga ham e’tibor bersangiz, Dembelening ko‘zlarida qanchalik jiddiylik va keskinlik mavjud ekanligini ko‘rish mumkin. Shu keskinlik va o‘tkirlikdan raqib futbolchilar ham ta’sirlandi, ular to‘pga egalik qilgan paytda Dembelening bunday jiddiy nigohlariga bardosh bera olmadi, to‘pni yo‘qotib qo‘ydi yoki uni boshqa yo‘nalishga tepishga majbur bo‘ldi.

Mavsum davomida Dembele umumiy hisobda 15 o‘yinda 8 ta gol va 6 ta golli uzatma bilan o‘zining ajoyib ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Shuningdek, musobaqa davomida 126,11 kilometr masofani bosib o‘tdi va maksimal tezligi 33,92 km/soatni tashkil etdi. Uning bu ko‘rsatkichlari va final uchrashuvidagi ajoyib o‘yini tufayli Dembele Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Usmon Dembelening tarixiy finalda ko‘rsatgan ajoyib mahorati va o‘tkir nigohlari, shubhasiz, PSJ klubiga tarixidagi ilk Chempionlar ligasi kubogini taqdim etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dembelening o‘tkir nigohlari PSJga tarixiy chempionlikni keltirdi!