date
views 15 937

O‘zbekiston–Qatar o‘yini: chiptalar savdosi boshlandi, narxlar ma’lum

O‘zbekiston–Qatar o‘yini: chiptalar savdosi boshlandi, narxlar ma’lum
10- iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi navbatdagi muhim uchrashuvini o‘tkazadi. Bu bahs Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi eng kutilgan o‘yinlardan biri bo‘lib, muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otgani bejiz emas.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuv uchun chiptalar 3- iyundan — ya’ni bugundan boshlab savdoga chiqarildi. Ammo bu safar chiptalarni faqat oflayn tarzda xarid qilish mumkin.

Iticket kompaniyasi va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oldingi o‘yinlarda kuzatilgan qalbaki chiptalar muammosi va noqonuniy savdolarning oldini olish maqsadida aynan ana shunday chora ko‘rgan.

Futbol ishqibozlari “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlarida joylashgan Iticket kassalari orqali chiptalarni xarid qilishlari mumkin.

Narxlarga kelsak, quyidagicha tartib belgilangan:
- 1-qavatdagi yon tomon sektorlari — 300 ming so‘m,
- 1-qavatdagi markaziy sektorlar — 500 ming so‘m,
- 2-qavat markaziy sektorlari — 100 ming so‘m,
- 2-qavat yon tomonlari — 75 ming so‘m.

Shuningdek, har bir shaxs bir vaqtning o‘zida 4 tadan ortiq chipta sotib olish huquqiga ega emas. Bu cheklov ham adolatli raqobatni ta’minlash va har bir muxlisga imkoniyat yaratish maqsadida joriy etilgan.

Muxlislar uchun yangi imkoniyat ochildi — mamlakat sharafini himoya qilayotgan terma jamoamizni stadionda qo‘llab-quvvatlash va jonli ravishda kurashga guvoh bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston–Qatar o‘yini: chiptalar savdosi boshlandi, narxlar ma’lum