
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Sporting Xixon»ga qarshi (2:1) La Liga 13-turida dubl muallifi bo‘lib, birinchi goli orqali Ispaniya chempionati doirasida «Santyago Bernabeu»dagi 424 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi oxirgi marta «Real» maydonida 10 sentyabr kuni, «Osasuna»ga qarshi (5:2) o‘yinda gol muallifi bo‘lgan edi.
EChL doirasida esa Ronaldu «Santyago Bernabeu»da so‘ngi bor 14 sentyabr kuni, «Sporting» klubiga qarshi (2:1) o‘yinda gol kiritgandi.
Avvalroq Ronaldu «Sporting Xixon» bilan o‘yinda kiritgan gollari orqali La Ligada qatorasiga etti yil davomida 30 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchi bo‘lgani haqida xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar