date
views 1 450

JCH-2026 yo‘llanmalari uchun Osiyoda keskin janglar boshlanadi!

JCH-2026 yo‘llanmalari uchun Osiyoda keskin janglar boshlanadi!
Bugun Osiyo qit’asida futbol ishqibozlari kutayotgan muhim va hal qiluvchi bahslar o‘tkaziladi. Jahon chempionatiga yo‘l olish maqsadida 9-tur o‘yinlarida bir qator terma jamoalar o‘z taqdirlarini hal qilishlari mumkin.

O‘zbekiston JCH eshigini keng ochadigan bir qadam ostida

O‘zbekiston terma jamoasi BAA maydonida muhim uchrashuv o‘tkazadi. Guruhdagi holatdan kelib chiqib, o‘zbekistonlik futbolchilar durang yoki g‘alaba bilan tarixdagi ilk JCH yo‘llanmasini naqd qilishi mumkin. Hozirgi paytda guruhda Eron 20 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi, O‘zbekiston esa 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchinchi o‘rindagi BAA terma jamoasida 13 ochko bor va ular faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi.

Guruhning boshqa o‘yinlarida Eron Qatarga qarshi maydonga tushadi, Qirg‘iziston esa Saudiya Arabistonida Shimoliy Koreya bilan to‘qnash keladi.

- 21:00 BAA – O‘zbekiston
- 23:15 Qatar – Eron, KXDR – Qirg‘iziston

Koreya Respublikasi va Iordaniya uchun muhim imkoniyat

"V" guruhida Koreya Respublikasi Iroqqa qarshi bahsda kamida durang qayd etsa, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Iordaniya termasi esa safarda O‘monni mag‘lub etsa, ular ham jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

- 21:00 O‘mon – Iordaniya
- 23:15 Iroq – Koreya Respublikasi, Kuvayt – Falastin

"S" guruhida keskin raqobat: Avstraliya va Saudiya Arabistonining taqdiri nimadan hal bo‘ladi?

"S" guruhida Avstraliya o‘z uyida guruh peshqadami Yaponiya bilan o‘ta mas’uliyatli bahsda maydonga tushadi. Agar Avstraliya bugun Yaponiyani mag‘lub etsa va Saudiya Arabistoni ham o‘z uchrashuvida Bahrayn ustidan g‘alaba qozonsa, so‘nggi turda Saudiya Arabistoni – Avstraliya o‘yinida JCH yo‘llanmasi uchun keskin va dramatik uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

- 16:10 Avstraliya – Yaponiya
- 18:45 Indoneziya – Xitoy
- 21:00 Bahrayn – Saudiya Arabistoni

Futbol muxlislari uchun bugungi kecha butun Osiyo bo‘ylab cheksiz hayajonlarga boy kechadi. Eng kuchli jamoalarning keskin raqobatida JCH-2026 yo‘llanmalarining taqdiri hal qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 yo‘llanmalari uchun Osiyoda keskin janglar boshlanadi!