date
views 332

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Eyndxovenda raqibini yirik hisobda yengdi!

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Eyndxovenda raqibini yirik hisobda yengdi!
Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida 6–9 iyun kunlari o‘tkazilayotgan "Eyndxoven boks kubogi" musobaqasida o‘zbekistonlik bokschilar g‘alabali yurishlarini boshladi. Hozirgina yakuniga yetgan jangda yurtdoshimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 70 kg vazn toifasida ukrainalik raqibi Yevgeniy Ivanyukni yirik hisobda yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Uch raund davomida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jangni to‘liq o‘z nazoratida olib bordi va natijada hakamlar bir ovozdan – 5:0 hisobi bilan uning g‘alabasini qayd etishdi. Bokschimiz shu tariqa, Eyndxovendagi turnirning yarim finaliga yo‘l olgan holda, mamlakatimiz sharafini himoya qilishda davom etadi.

E’tiborli tomoni, musobaqa doirasida bugun yana bir qiziqarli va muhim jang kutilmoqda. Bunda dunyoning eng mahoratli bokschilaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan yurtdoshimiz Abdumalik Xalokov mezbon mamlakat vakili Geronimo Xartmans bilan ringga chiqadi.

Bu bahs ham o‘zbek boks muxlislarini befarq qoldirmaydi. Chunki Abdumalik Xalokov o‘zining tezkor va aniq zarbalari bilan butun jahon muxlislarining e’tiborini qozongan. Mazkur jang ham o‘zbekistonlik bokschi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, u musobaqaning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilish uchun zarur qadamdir.

Yurtdoshlarimizga navbatdagi bahslarda ham omad tilaymiz va ularning g‘alabalari haqida tezkor xabarlar bilan sizni xabardor qilib borishda davom etamiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Eyndxovenda raqibini yirik hisobda yengdi!