date
views 2 120

Yamal Pele’ning 66 yillik rekordini takrorladi

Yamal Pele’ning 66 yillik rekordini takrorladi
Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamine Yamal Fransiyaga qarshi Millatlar Ligasi yarim finalida dubl qayd etib, jamoasiga 5:4 hisobida g‘alaba keltirdi, deb euro-football.ru xabar berdi.

Stats Foot ma’lumotiga ko‘ra, 17 yoshli ispaniyalik futbolchi Pele rekordini takrorlab, 18 yoshga to‘lmasdan Fransiyaga uchta gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. Bungacha bu natijaga faqat braziliyalik Pele erishgan edi — u 1958 yilgi jahon chempionati yarim finalida Fransiya darvozasiga xet-trik qayd etgan.

Yamal ushbu uchinchi golni 2024 yilgi Yevropa chempionati yarim finalida kiritgan edi — o‘shanda Ispaniya Fransiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yamal Pele’ning 66 yillik rekordini takrorladi