20:00 / 17.03.2015
5 529

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Lahviya»ga imkoniyatni boy berdi

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Lahviya»ga imkoniyatni boy berdi

Osiyo Chempionlar ligasi 3-turi doirasidan o‘rin olgan “Bunyodkor” va “Lahviya” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuvda Sergey Lushan shogirdlari kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuvni “qaldirg‘ochlar” faol boshlashgandi. Ammo ko‘p vaziyatlarda ulardan omad yuz o‘girdi. Ba’zi vaziyatlarda esa so‘nggi zarbani yo‘llashda hujumchilarimizga aniqlik etishmadi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida raqib deyarli yo‘q joydan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qatarliklar hujumchisi Ismoil Muhammad bir o‘zi to‘rt himoyachidan qochib ketdi. Jarima maydonchasi chizig‘ida uni Akbar To‘raev chalib yiqitdi. Hakam hech ikkilanmay penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan “Lahviya”ning koreyalik futbolchisi Nam Tae Xi adashmadi – 0:1!

Goldan keyin vaziyatni o‘nglash uchun “Bunyodkor” bor kuchi bilan oldinga tashlandi. Ammo qatarliklar himoyachilari ularning hujumlarini katta mahorat bilan bartaraf etib turishdi. Bugungi o‘yinda hattoki Sardor Rashidovning ham o‘yini o‘xshamadi.

Sergey Lushan Rashidovni ikkinchi bo‘limda zaxiraga olib, Eldor Shomurodovni uning o‘rniga tushirdi. Shomurodov hujumni kuchaytirdi, ammo o‘yinni qutqara olmadi.

O‘yin yakuniga etgan sari “Bunyodkor”ning hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlari pasayib boraverdi.
Shu tariqa “qaldirg‘ochlar” o‘z maydonlarida “Lahviya”ga imkoniyatni boy berib, guruhdan chiqish masalasini yanada qiyinlashtirishdi.

OChL, 3-tur.
“Bunyodkor” – “Lahviya” 0:1

Gol: Nae Tam Xi, 27
“Bunyodkor”: A.To‘raev, A.Shorahmedov, I.Miloshevich, A.Filiposyan, A.Komilov, Sh.Zuagi, S.Bekrich, M.G‘ofurov, S.Rashidov, S.Minori, V.Shodiev.
“Lahviya”: K.Amin, M.Musa, J.Moreno, X.Muftah, L.Martin, Nam Tae Xi, K.Budiaf, V.Vayss, I.Muhammad, M.Razark, M.Abdulloh.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bunyodkor» o‘z maydonida «Lahviya»ga imkoniyatni boy berdi