date
views 86

Qatarlik Al-Jani: “O‘zbekistonga qarshi oxirgi qadam oldinda”

Qatarlik Al-Jani: “O‘zbekistonga qarshi oxirgi qadam oldinda”
Qatar milliy terma jamoasining yosh va iqtidorli futbolchisi Ahmad Al-Jani jahon chempionati 3-saralash bosqichining yakunlovchi — 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi uchrashuv arafasida jurnalistlarga o‘z fikrlarini bildirdi.

24 yoshli vinger ushbu o‘yin jamoasi uchun muhim bosqich ekanini ta’kidladi:

“Oldimizda O‘zbekistonga qarshi juda mas’uliyatli uchrashuv turibdi. Biz pley-off bosqichiga yo‘l oldik, demak, mundialga borish uchun endi faqatgina so‘nggi qadam qoldi,” — dedi Al-Jani.

Futbolchining ta’kidlashicha, terma jamoa yaqinda murabbiy almashganiga qaramay, jamoadagi ruh va maqsad o‘zgarmagan:

“Ha, jamoamizda yangi murabbiy ish boshladi, ammo jamoaviy muhit, birlik va maqsad — hamon o‘sha. Biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, jahon chempionatiga yetib borishni istaymiz. Xudo xohlasa, bu orzumizga birga yetishamiz,” — deb qayd etdi Ahmad Al-Jani.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatiga saralashning 3-bosqichidagi O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda mezbonlar saralashni muddatidan avval muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lsa, Qatar terma jamoasi pley-off bosqichi orqali mundial yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

Al-Janining qayd etishicha, Qatar jamoasi O‘zbekistonga qarshi bahsni juda jiddiy tayyorgarlik bilan qarshi olyapti va bu uchrashuv ular uchun yangi bosqichning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Futbol muxlislari esa ikki jamoa o‘rtasidagi qizg‘in to‘qnashuvni kutmoqda. Chunki bu o‘yin nafaqat natija, balki ikki termaning kelgusi maqsadlarini belgilab beradigan sinov ham hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatarlik Al-Jani: “O‘zbekistonga qarshi oxirgi qadam oldinda”