
Yevropa futbolining eng qobiliyatli himoyachilaridan biri — Teo Ernandesni Saudiya Arabistoniga olib kelish rejasi barbod bo‘ldi. Saudiya Professional ligasining eng yirik va sarmoyador klubi sanaladigan "Al-Hilol" kelasi mavsumda o‘z safini "Milan"dagi taniqli himoyachi bilan mustahkamlashga uringandi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Ernandes transferga rozilik bildirmagan. Fransiya terma jamoasining tajribali a’zosi Yevropa futbolida qolishni afzal deb topgan va Saudiya klubining moliyaviy taklifini rad etgan.
Ma’luotlarga qaraganda, "Al-Hilol" va "Milan" klublari futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Saudiyaliklar shartnomaning so‘nggi yilini o‘tayotgan futbolchi uchun 30 million yevro badal va 5 million yevro bonus taklif qilgan. Biroq, muzokaralar davomida shaxsiy shartlar yuzasidan kelishuvga erishilmagan va natijada transfer amalga oshmadi.
Shu bilan birga, Teo Ernandes yakunlangan mavsumda juda faol harakat qildi. U jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi, himoyadagi mustahkam o‘yini bilan birga, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Bunday universal va hujumkor himoyachiga Yevropa grandida qolish uchun yetarlicha asoslar bor.
Ushbu vaziyat "Al-Hilol" rahbariyati uchun jiddiy saboq bo‘lishi mumkin. Chunki har qanday mablag‘ ham futbolchining ambitsiyasini sotib ola olmaydi. Saudiyaning katta pullari qarshisida Teo Ernandes o‘z fidoiylik va kasbga bo‘lgan sadoqatini namoyon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar