
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 saralash turnirining oxirgi turida Qatar ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi. 10 iyun kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o‘tkazilgan uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda Aziz Turg‘unboyev hisobni ochdi. U 28-daqiqada o‘ng qanotda ikki raqibdan o‘tib, jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni to‘sin ostidan darvoza to‘riga kiritib, supergol muallifiga aylandi.
O‘yin davomida mezbonlar to‘liq ustunlikka erishdi, birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham jamoa yetakchisi Eldor Shomurodovda hisobdagi farqni oshirish uchun yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo faqat 86-daqiqaga kelib o‘z maqsadiga erishdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jamshid Iskanderovning maydonning ikkinchi qismidan bergan uzatmasiga yetib borgan hujumchi bir harakat bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, ikkinchi harakatda mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi.
90+2-daqiqada esa Shomurodovning o‘rniga maydonga tushirilgan Igor Sergeyev burchakdan oshirilgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi, bu uning to‘pga birinchi teginishi edi. E’tiborli jihati, unga ham Iskanderov assistentlik qildi.
JCH 3-saralash bosqichi
"A" guruhi. 10-tur
O‘zbekiston – Qatar 3:0
Gollar: Aziz Turg‘unboyev 28, Eldor Shomurodov 86, Igor Sergeyev 90+2
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Eldor Shomurodov, 19.Azizbek Turg‘unboyev, 22.Abbos Fayzullayev, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farruh Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 8.Jamshid Iskanderov, 11.Ruslan Jiyanov, 15.Umarbek Eshmurodov, 17.Abdurauf Bo‘riyev, 18.Abdulla Abdullayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Igor Sergeyev.
Qatar: 21.Saloh Zakariya, 3.Abdallah Sirelxatim, 4.Ahmad Suhayl, 6.Abdil Aziz Xatim, 7.Ahmad Alganehi, 8.Mustafo Toriq, 10.Akrom Afif, 13.Amro Surag, 14.Humam Ahmad, 15.Bassam Husham, 23.Assim Madibo.
Zaxira: 1.Shihab Mamduh, 22.Mishaal Barsham, 2.Nabil Irfon, 5.Toriq Salmon, 9.Muhammad Muntari, 11.Edmilson Junior, 12.Muhammad Naseur, 16.Muhammad Imad, 17.Ismoil Muhammad, 18.Abdilrahmon Fahmi, 19.Almoyez Ali, 20.Ahmad Alravi.
Ogohlantirishlar: Abdulaziz Hatim 33, Bassam 41, Afif 67, Muntari 67, Humuma 72. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing