
Jahon futbolining ikki yulduzi — Lionel Messi va Xames Rodriges o‘rtasida jiddiy tortishuv yuz berdi. JCH-2026 saralashining Argentina va Kolumbiya terma jamoalari bahsi shiddatli va ehtiroslarga boy kechdi, natijada bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Ayniqsa, ikkinchi taymda yuzaga kelgan tanaffus vaqtda futbolchilar o‘rtasida kutilmagan muammo ro‘y berdi. O‘yin qisqa muddatga to‘xtab qolgan paytda, argentinalik yulduz Lionel Messi maydon markaziga yaqinlashib, kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesga o‘z noroziligini ochiq bayon etdi. Messining so‘zlariga qaraganda, Xames avvalgi final haqida noto‘g‘ri fikrlar bildirgan va bu holat uning xafsalasini pir qildi.
"Sen finalda bizga yordam berilganini aytding, juda ko‘p gapiryapsan", – deb qattiq e’tiroz bildirdi Messi. Bunga javoban, Xames Rodriges shunday dedi: "Men hech qanday gap aytmadim". Ularning keyingi muloqotini aniq eshitish mumkin bo‘lmadi, chunki har ikki futbolchi ham og‘izlarini qo‘llari bilan yopib suhbatlashishdi. Bu holat esa o‘yin davomidagi keskinlik va e’tibor markaziga aylandi.
Uchrashuvdan so‘ng Xames Rodriges matbuotga qisqacha izoh berdi: "Maydonda yuz bergan gaplar shu yerda qoladi. Bu professional futbolning bir qismi", – deb ta’kidladi u. Shunga qaramay, futbol jamoatchiligi bu voqea atrofidagi gap-so‘zlar va savollarga javob izlashda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, bu tortishuv bekorga yuzaga kelmagan. Chunki, Rodriges avvalroq jamoaviy bayonotlarda Argentina 2024 yilgi Amerika Kubogi finalida hakamlik tomonidan qo‘llab-quvvatlangani, Kolumbiya foydasiga penaltilar berilmagani va VAR yozuvlari e’lon qilinmagani haqida ochiq gapirgan edi. "Bu xolat juda g‘alati, shunday emasmi?" — degan edi Xames o‘z intervyularidan birida.
Messi esa maydondagi vaziyatlarga nisbatan baribir prinsipial pozitsiyada qolmoqda va uning himoyasida turishda davom etmoqda. Bunday tortishuvlar futbolda jiddiy raqobat va ehtiroslar borligini yana bir bor namoyon etdi.
Muxlislar esa ushbu vaziyatni qizg‘in muhokama qilar ekan, Messi va Xames o‘rtasidagi munosabatlar va ularning kelgusidagi o‘yinlarda qanday harakat qilishi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Aniqki, bu voqea Janubiy Amerika futbolida uzoq vaqtgacha muhokamalar markazida bo‘lib turadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar