
«Manchester Siti» jamoasi 2024/2025 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra o‘zining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi. Angliya grand klubi so‘nggi mavsumdagi sobit va ishonchli o‘yini bilan tanilgan xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiolni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
23 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum jamoasi safida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta muhim gol muallifiga aylandi. Shu bilan birga, 2 ta aniq golli pasni amalga oshirgani bilan ham murabbiylar va ishqibozlar e’tiborini qozondi. Xalqaro Transfermarkt portali Gvardiolning transfer bahosini 75 million yevro etib belgilagan — bu uning yuqori darajadagi salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Yoshko faqatgina himoyada emas, balki hujumlarda ham faol ishtirok etgani, ayniqsa, muhim o‘yinlardagi ta’sirchan harakatlari bilan muxlislar qalbidan joy oldi.
Aytish joiz, jamoa safida o‘zbekistonlik yosh iste’dod Abduqodir Husanov ham tobora ko‘proq imkoniyatlar olmoqda. Qishki transferlar davomida «shaharliklar» safini to‘ldirgan Husanov mavsumning ikkinchi yarmida bir necha o‘yinlarda maydonga tushib, o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi. Shuningdek, u fevral oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida ham e’tirof etilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar