
Fransiya terma jamoasining sobiq yulduzi va “Bavariya” afsonasi Frank Riberi AQSHda start olgan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U musobaqada qaysi jamoani qo‘llab-quvvatlayotganini ham ochiq-oydin bayon qildi.
“Men uchun har doim “Boka Xuniors” alohida jamoa bo‘lib kelgan. Bu klubning ruhi, stadionidagi muhit, fanatlarining muhabbati va futbolchilarning mehnatga munosabati menga juda manzur. Shuning uchun ularni qo‘llab-quvvatlayman”, — deydi Riberi.
Uning fikricha, “Boka Xuniors” jamoasi jahon chempionatida sovrinni qo‘lga kiritish uchun yetarli imkoniyatlarga ega: “Ularda qattiq mentalitet va yuqori motivatsiya bor. Bu jamoa maydonda kurashadi, yurakdan o‘ynaydi va har bir o‘yinda g‘alaba uchun jonini berishi tayin”.
Ayni vaqtda “Boka Xuniors” juda og‘ir guruhga tushgan — argentinaliklar “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya), “Bavariya” (Germaniya) va “Benfika” (Portugaliya) kabi kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushishadi. Ammo Riberiga ko‘ra, bu raqobat faqat ularni mustahkamlaydi.
“Bavariya”dagi sobiq jamoasi haqida ham to‘xtalib o‘tgan Riberi ushbu klubning ham musobaqadagi imkoniyatlarini yuqori baholadi. “Men “Bavariya”da ko‘p yillar o‘ynaganman va bu jamoa juda professional tarzda ish yuritadi. Ularda ham yuqori sinovlarga dosh berish salohiyati bor”, — deydi u.
Shu tariqa, Frank Riberi nafaqat o‘z fikrini, balki Jahon chempionatidagi muxlislik hissini ham ochiq bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, “Boka Xuniors”ning ruhiy kuch-quvvati va ishtiyoqi ularni finalgacha yetaklashi mumkin.
Riberining bu kabi bayonoti jahon futbolida klublarga bo‘lgan shaxsiy muhabbatning quvvatini yana bir bor namoyon etdi. Endi esa millionlab muxlislar uning bashorati amalga oshishini kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar