
Saudiya Arabistonining yetakchi klublaridan biri — “Al Hilol” yana Viktor Osimxen uchun kurashni jonlantirdi. Saudiyaliklar jahon futbolida tobora ko‘proq nufuz qozonayotgan hujumchini o‘z safiga qo‘shish uchun navbatdagi rekordiy taklifini yo‘lladi.
Jurnalistik manbalarga ko‘ra, “Al Hilol” Osimxenga yiliga 50 million yevroga teng bo‘lgan, uch yillik shaxsiy shartnoma taklif qilgan. Bundan tashqari, “Napoli” klubiga uning transferi uchun 75 million yevro to‘lashga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Umumiy hisobda bu kelishuvning qiymati 150 million yevroga yaqinlashadi.
Nigeriyalik yulduz hozircha bu taklifga rasmiy javob qaytarmagan. Avvalroq, u “Al Hilol”ning uch marotaba bildirgan taklifini rad etgan edi. Ammo yangi taklifning miqyosi va moliyaviy jihatlari uning fikrini o‘zgartirishi mumkinligi haqida taxminlar bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Viktor Osimxen Turkiyaning “Galatasaroy” klubi safida ijara asosida o‘ynadi va o‘zini yorqin tarafdan ko‘rsata oldi. U jami 41 uchrashuvda qatnashib, 37 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirdi — bu uning Yevropadagi eng ko‘zga ko‘ringan hujumchilardan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi.
Hozirda ko‘plab klublar uni o‘z safida ko‘rishni istayapti, ammo “Al Hilol” taklifi moliyaviy jihatdan boshqalardan ancha yuqori turishi bilan farq qilyapti. Saudiya Arabistoni ligasi so‘nggi yillarda ko‘plab yulduzlarni jalb qilgan va Osimxen ham bu to‘lqinga qo‘shilishi mumkin.
Muxlislar esa hozircha uning qanday qaror qabul qilishini kutmoqda. Aftidan, Osimxen uchun bu nafaqat moliyaviy, balki faoliyatidagi muhim burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar