date

“Real” yangi davrda kuchli tarkib uchun transfer rejalarini boshladi

“Real” yangi davrda kuchli tarkib uchun transfer rejalarini boshladi
Jahon futbolining eng nufuzli klublaridan biri – “Real” bu yil yozda bosh murabbiylikka tayinlangan Xabi Alonso uchun mutlaqo yangi sinovlar yili bo‘ladi. Xususan, AQSHda start olgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ispaniyalik mutaxassisning sinov maydoniga aylanishi aniq. Chunki aynan shu turnir “Real”ning yaqin istiqboldagi maqsad va vazifalariga yo‘l ochib, Alonso boshchiligidagi yangi g‘oyalar, taktik yondashuv va transfer siyosati samaradorligini ko‘rsatib beradi.

Ko‘plab futbol mutaxassislari va muxlislariga ma’lumki, madridliklar bu mavsumda bir qator yo‘qotishlarga duch kelishdi. Ayniqsa, Toni Kroos va Luka Modrich kabi o‘rta chiziqdagi o‘yin qurilishini ta’minlab kelgan maestrolarning kettgani jamoada katta bo‘shliq qoldirdi. Tabiiyki, jamoa yangi rahbariyat va murabbiyning talablariga ko‘ra tarkibni to‘ldirish uchun bir necha muhim transferga ehtiyoj sezmoqda.

Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Xabi Alonso klub rahbariyatidan jahon chempionatidan keyin tarkibni to‘liq yangilashga qaratilgan uchta asosiy transferni amalga oshirishni so‘ragan. Birinchisi — chap qanot himoyasiga kuchli futbolchi qo‘shish. Bu borada “Benfika” jamoasining iqtidorli himoyachisi Alvaro Karreras bilan muzokaralar olib borilmoqda. Uning texnik mahorati va yoshligidan kelib chiqib, “Real”da uzoq yillar asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.

Ikkinchi transfer — markaziy hujumchi pozitsiyasiga tegishli. Xabi Alonso La Ligada o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan Ante Budimirni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Uning jarima maydonchasidagi ustunligi va kuchli havodagi o‘yini “Real” hujum chizig‘iga yangi dinamika olib kirishi mumkin.

Eng muhim yo‘nalishlardan yana biri — markazga ijodkor yarim himoyachini olib kelish. Sababi, klubning o‘yin qurilishi va kreativlashuvi uchun bu pozitsiyada zamonaviy va intellektual futbolchi zarur. Madridliklar skautlari aynan shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi pleymeykerni izlashga kirishishdi. Ulardan asosiy talab: Modrich va Kroos qoldirgan bo‘shliqni to‘ldira olishi va jamoaning o‘zgaruvchan o‘yin uslubiga tez moslasha olishi.

Aytish kerakki, bu yo‘nalishda olib boriladigan transfer siyosati, “Real”ning keyingi mavsumlardagi muvaffaqiyati uchun katta ahamiyat kasb etadi. Jamoa rahbariyati va Xabi Alonso buni juda yaxshi tushunib, har bir qarorni puxta va chuqur tahlil asosida qabul qilmoqda.

Yakuniy so‘z o‘rnida, madridlik muxlislar oldida yangi davr boshlanmoqda. Yangi murabbiy, yangi taktika va kutilgan katta transferlar — bularning barchasi “Real”ni yanada kuchliroq va raqobatbardosh jamoaga aylantirishi shubhasiz. Demak, oldinda yana qiziqarli transferlar va yangi g‘alabalar kutib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” yangi davrda kuchli tarkib uchun transfer rejalarini boshladi