
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar 18 iyun, chorshanba kuni o‘tkazildi.
Bugungi kunga ikkita uchrashuv belgilangan edi. Jumladan, “Sho‘rtan” G‘uzorda “Aral”ni qabul qilgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan o‘yin o‘tkazdi.
G‘uzordagi bahs mezbonlar ustunligi ostida o‘tdi va natija ham shunga yarasha bo‘ldi. Birinchi bo‘limning o‘zida “Sho‘rtan” ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda jami uchta gol urilgan bo‘lsa, ularning bittasi mehmonlar hisobiga bo‘ldi.
Shunday qilib, g‘uzorliklar chorak finalga yo‘l oldi.
“Sho‘rtan” — “Aral” 4:1
Gollar: Temur Mamasiddiqov, 27 pen (1:0), Nuriddin Hasanov, 41 (2:0), Doniyor Narzullayev, 60 (3:0), Zulpuqar Quanishbayev, 87 (3:1), Asadbek Saitxonov, 90+3 (4:1)
Qo‘qondagi bahs esa ancha qiyin o‘tdi. 45+2-daqiqada Javohir Husanov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida – 49-daqiqada esa Nosirjon Abdusalomov hisobni tenglashtirdi.
O‘yin yakuniga qadar shu hisob saqlanib qoldi. Qo‘shimcha vaqtlarda ham gol urilmadi va penaltilar seriyasida g‘olib nomi aniqlandi. Unda toshkentliklar ustun keldi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“Qo‘qon-1912” — “Bunyodkor” 1:1 (penaltilar seriyasi – 4:5)
Gollar: Javohir Husanov, 45+2 (1:0), Nosirjon Abdusalomov, 49 (1:1) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar