08:58 / 30.11.2016
6 510

O‘zbekistonlik polvon raqibini boplab yiqitdi (VIDEO)

O‘zbekistonlik polvon raqibini boplab yiqitdi (VIDEO)

26 noyabr kuni Ekaterinburgda (Rossiya) aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha «Ratibores 5» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy bahsida o‘zbekistonlik polvon, K-1 va unifayt bo‘yicha Osiyo chempioni, kikboksing bo‘yicha sport ustasi Aleksandr Stolyarov (13−5−0, 7 KO) jang olib bordi, deb yozadi Gazeta nashri.
Stolyarov 120,2 kg vazn toifasida rossiyalik Evgeniy Gontaryov (2−2−0) bilan reyting jangini o‘tkazdi. Aleksandr birinchi raundning 3-daqiqasida o‘ziga xos usul bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston vakili MMAda 2013 yil iyulidan buyon ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar Stolyarov 18 jang o‘tkazib, 13 marotaba g‘alaba qozondi va ularning 12 tasini muddatidan oldin yakunladi.
[media=https://youtu.be/voQdgzGrPXw]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik polvon raqibini boplab yiqitdi (VIDEO)