
AQSHda bo‘lib o‘tayotgan 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida italiyalik mashhur “Yuventus” jamoasi futbolchilari Amerika prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lishdi. Ushbu uchrashuv AQSH prezidenti qarorgohi — “Oq uy”da tashkil etildi.
Tadbir davomida Donald Tramp “Yuventus” bosh murabbiyi Igor Tudor va jamoaning yetakchi futbolchilaridan bo‘lgan Ten Kopmeyners hamda Ueston Makkenni bilan suhbatlashdi. Uchrashuv samimiy va sport ruhida o‘tgani aytilmoqda.
Ayni paytda “Yuventus” klubi AQSHdagi chempionatda faol ishtirok etmoqda. Guruh bosqichining birinchi uchrashuvida turinliklar BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi maydonga tushishdi. Tudor shogirdlari ushbu bahsda juda ishonchli harakat qilib, raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va musobaqada kuchli startni qayd etishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 14-iyunda boshlangan bo‘lib, 13-iyulga qadar davom etadi. Turnirda dunyoning eng kuchli jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Futbol, diplomatiya va Oq uydagi sport muhiti — bunday uchrashuvlar klublar nufuzini yanada mustahkamlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar