date

PSJ sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi : Rose Bowl stadionida shov-shuvli kecha (video)

PSJ sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi : Rose Bowl stadionida shov-shuvli kecha (video)
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan bahsda navbatdagi sensatsion natija qayd etildi. 20 iyun kuni tongda Rose Bowl stadionida 93 mingdan ziyod muxlis ko‘z o‘ngida ECHL g‘olibi hisoblangan Parij Sen-Jermen Braziliyaning “Botafogo” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Kuchli va yulduzlarga boy tarkibi bilan tanilgan PSJ ushbu o‘yinda mutloq favorit sifatida baholangandi. Biroq voqelik boshqacha kechdi – 36-daqiqada braziliyalik hujumchi Igor Jezus tomonidan urilgan yakka gol uchrashuv taqdirini hal qildi.

Parijliklar ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga barcha kuchini ishga soldi – to‘p nazorati, bosim va tanafusdan keyingi strategik o‘zgarishlar natija bermadi. “Botafogo” himoyada juda ishonchli harakat qildi va gollar kiritish imkoniyatlarini minimal darajaga tushirdi.

Bu natija PSJ uchun katta zarba bo‘ldi. Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi bo‘lishlariga qaramasdan, ular Klublar o‘rtasidagi JCHdagi navbatdagi bosqich uchun vaziyatni murakkablashtirib qo‘ydi. Aksincha, “Botafogo” uchun bu g‘alaba jahon futbol sahnasida o‘z nomini yanada kuchliroq yozib qo‘yish uchun muhim qadam bo‘ldi.

O‘yinda ishtirok etganlar va muxlislar shov-shuvli kechaga guvoh bo‘lishdi – Braziliya klubi Yevropaning kutilgan kuchi PSJni sho‘ng‘itib yubora oldi.

Qayd etish joiz, ushbu bahs 2025 yilgi Jahon chempionati musobaqalari doirasidagi eng kutilmagan natijalardan biri sifatida tarixga kirishi aniq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi : Rose Bowl stadionida shov-shuvli kecha (video)