date

Xabi Alonso “Real”da tozalash boshladi — uch yulduz ketishi mumkin

Xabi Alonso “Real”da tozalash boshladi — uch yulduz ketishi mumkin
Yangi mavsum oldidan “Real Madrid”da katta o‘zgarishlar boshlanishi mumkin. Jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlangan Xabi Alonso Madrid klubini o‘z uslubiga mos tarkib bilan qayta shakllantirishga kirishdi. Ispaniya nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, bir necha yirik futbolchi jamoani tark etishi kutilmoqda.

Xususan, mutaxassis David Alaba, Rodrigo Goes va Fran Garsiyani o‘z taktik rejalarida ko‘rmayapti. Unga ko‘ra, bu futbolchilar “Real”ning yangi o‘yin uslubiga to‘liq mos kelmaydi.

Braziliyalik vinger Rodrigo Goesning vaziyati ancha murakkab. Ilgari asosiy tarkibda doimiy ravishda maydonga tushgan Rodrigo hozirgi kunda Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning soyasida qolib ketyapti. Bu esa uning o‘yin amaliyotiga jiddiy ta’sir qilmoqda. Xabi Alonso esa tezkor qanot hujumchilaridan yuqori samaradorlik talab qilmoqda va bu borada Rodrigoga ishonch pasaygan.

Avstriyalik tajribali himoyachi David Alaba esa jiddiy jarohatdan so‘ng hali to‘liq tiklanmagan. Uning o‘yin formasiga qaytishi haqida aniq ma’lumot yo‘q va bu ham qaror qabul qilishda ta’sir ko‘rsatgan.

Yosh himoyachi Fran Garsiya esa o‘tgan mavsumda berilgan imkoniyatlardan samarali foydalana olmadi. Uning pozitsiyasida kuchli raqobat mavjud va u bu raqobatda o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Xabi Alonsoning transfer siyosati qat’iy: u jamoada shunchaki ism uchun emas, maydonda real natija beruvchi futbolchilarni ko‘rishni xohlamoqda. Madrid klubida yangi bosqich boshlanishi oldidan tarkibiy o‘zgarishlar birinchi qadam bo‘ladi.

Shu bilan birga, ushbu futbolchilarning ketishi “Real”ga yangi yulduzlar kelishi uchun iqtisodiy va taktik yo‘l ochadi. Hozircha klubdan rasmiy bayonot berilmadi, biroq mavsum yaqinlashgan sari barcha o‘zgarishlar aniqlashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso “Real”da tozalash boshladi — uch yulduz ketishi mumkin